Sharof Boshbekov

image
3
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
komediya kinoqissa biografik hajviya

Isteʼdodli dramaturg Sharof Boshbekov 1951-yili Samarqandda dunyoga kelgan. Sharof Boshbekov dastlab hikoya janrida oʻz isteʼdodini sinab koʻrgan.

Sharof Boshbekovning “G” varianti” (1981), “Gʻurur” (1982) “Jumboq” (1986) kabi hikoyalari yuzaga kelgan. Shundan soʻng uning rang-barang mavzudagi sahna asarlari yaratildi. Sharof Boshbekov “Tushov uzgan tulporlar” (1983) hamda “Eshik qoqqan kim?” (1987) kabi komediya, “Temir xotin” (1989), “Qasosli dunyo” qisqa metrajli film ssenariysini yozdi. Shuningdek, “Eski shahar gavroshlari” (1998) kabi jiddiy komediya yaratdi. Soʻnggi vaqtda uning “Taqdir eshigi” dramasi maydonga keldi. Ayniqsa “Temir xotin” pyesasi adibga katta shuhrat keltirdi. Unda fan-texnika rivoji davrida inson ongi, dunyoqarashi, ruhiyatida sodir boʻlayotgan jiddiy oʻzgarishlar hajviy yoʻsinda umumlashtirib berilgan. Adibning shu asari asosida kinofilm ham yaratildi (1990). Shuningdek, u “Sharif va Maʼruf”, “Yuzsiz” (1993), “Tilla bola” (1994) kabi filmlarning ssenariylarini yozishda ham ishtirok etdi.

U “Masxaraboz” (1996), “Farhod va Shirin” filmlarining ssenariysini yozish barobarida rejissyor sifatida ham ijod qildi. “Charxpalak” nomli 60 lavhali videofilmni ham yaratdi. Shuningdek, “Tentak farishtalar” (1995), “Zoʻrdan zoʻr chiqsa” (1996) kabi sahna asarlarini yozdi. Uning “Temir xotin” asari 1989-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining M. Shayxzoda nomidagi yillik mukofotiga loyiq deb topildi. 1990-yilda esa unga Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. U “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. 2022-yil 26-yanvar kuni vafot etgan.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz