Istanbulda tugʻilgan Sevde Tuba Okchu adabiyot boʻyicha oʻqigach, AQShda gender va madaniyatshunoslik yoʻnalishida magistraturani tamomlagan. Amerikada yashagan paytlarida bolalar nashriyoti va inson huquqlari taʼlimi bilan qiziqib, ikkinchi magistrlik darajasini Kosta-Rikada tinchlik taʼlimi sohasida olgan. Keyinchalik UNICEF va Norvegiya Qochqinlar Kengashi kabi xalqaro tashkilotlarda ishlagan.
Ummonni, sayohatlarni va mushuklarni yaxshi koʻradigan Sevde Tuba, ulgʻaygan boʻlsa ham bolalar kitoblarini oʻqishdan aslo toʻxtamasligini aytadi. Muallifning «Qayiqdagi bola» nomli kitobi Niderlandiyaning «ASN Bank» dunyo mukofotida finalga chiqqan. Hozirda u bolalar uchun yozishda davom etmoqda.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
Ajdarho va sirli minora
|
2024 |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
Ajdarho va sirli minora
|
2024 | Bolalar adabiyoti |
0.0
|