S

Sergey Aksakov

20.09.1791 12.05.1859

0.0 (0 ta baho)
Ertak

Aksakov Sergey Timofeevich 1791-yil 20-sentyabrda (1-oktyabr) Ufada tugʻilgan. Gimnaziyani bitirgandan soʻng Qozondagi universitetga oʻqishga kiradi (tugatolmaydi). Bir qancha yil Peterburgda xizmat qiladi, G. R. Derjavin va A. S. Shishkov bilan doʻstlashadi. 1811-yili Moskvaga koʻchib kelib, adabiy-teatr doiralariga qoʻshiladi, teatr tarjimonligi bilan shugʻullanadi (Shiller, Molerdan tarjimalar qiladi). 1826-yildan “Vestnik Yevropы”, “Moskovskiy vestnik”, nashrlarida “Molva” gazetalarida qatnashib turadi. 1920-yillarning oxiri Aksakovlar xonadoni Moskvaning eng oldi adabiy markazlaridan biriga aylanadi. Aksakov “shanbalik”lariga aktyor, yozuvchi, filolog, munaqqid, tarjimon va bastakorlardan M. P. Pogodin, S. V. Shevirev A. N. Verstovskiy, M. S. Щepkin, I. I. Panayev, N. V. Gogol, A. S. Xomyakov, I. V. Kireevskiy, P. V. Kireevskiy, N. V. Stankevich, A. I. Gertsen, M. A. Bakunin, V. G. Belinskiy, T. N. Granovskiy, P. Ya. Chaadayev, N. X. Ketcher, I. S. Turgenev, M. N. Zagoskin, L. N. Tolstoy, T. G. Shevchenko, S. G. Volkonskiy kabilar tashrif buyurardilar. Uning “Xotiralar” (1956), “Adabiy va teatr xotiralari” (1858), “Ural kazaklari” (1821), “Ovchi xotiralari” (1855), “Oila yilnomasi” (1856), “M. N. Zagoskinaning tarjimai holi” (1853), ” Gogol bilan tanishuvim tarixi” (1890), kabi asarlari mashhur. Aksakov Moskvada 1859-yili vafot etgan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Olov gul
Olov gul

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.