Semyuel Bekket

Semyuel Bekket

Tavalludi
13-aprel 1906
Vafoti
22-dekabr 1989
Pyesa

Mashhur dramaturg, yozuvchi va shoir Semyuel Barkli Bekket (Samuel Barclay Beckett) 1906-yil 13-aprelda Irlandiyada dunyoga keldi. Ingliz va fransuz tillarida ijod qilgan Bekket adabiyotdagi modernizm hodisasining asoschilaridan, shuningdek, absurd teatrining tamal toshini qoʻygan dramaturglardan biri sanaladi. Jumladan, uning “Godoni kutish” pyesasi XX asr dunyo dramaturgiyasining eng noyob namunasi sifatida jahonda mashhurdir. Adabiyotdagi oʻziga xos izlanishlari, betakror asarlari va ularda inson ruhiyatining hali ifoda etilmagan qirralari aks etgani uchun adib 1969-yili Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi.
S. Bekketdan “Myorfi” (1938), “Malon vafot qildi” (1951), “Ismsiz” (1953), “Xuddi bordek” (1961), “Hamsuhbat” (1979) kabi nasriy asarlar, “Godoni kutish” (1952), “Unsiz harakat 1” va “Unsiz harakat 2” (1956), “Oʻyinning oxiri” (1957), “Baxtiyor kunlar” (1960), “Keldi va ketdi” (1965), “Men emas” (1972) singari pyesalar hamda sheʼrlar meros qoldi.
Semyuel Bekket 1989-yil 22-dekabrda hayotdan koʻz yumdi.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Godoni kutish Semyuel Bekket
Godoni kutish

5.0 (1)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help