- Tavalludi
- 1965
1965-yilda Fargʻona shahrida, jurnalistlar oilasida tugʻilgan. 1988-yili Toshkentdagi Teatr va rassomchilik (hozirgi Sanʼat va madaniyat) institutini tamomlagan. 1991-2019 yillar “Sihat-salomatlik” jurnalida texnik muharrir, boʻlim mudiri, masʼul kotib lavozimlarida ishlagan. Shuningdek jurnalistik faoliyatni ham olib borgan: koʻplab maqola, ocherk va suhbatlar yozgan. Mana shu yillar davomida u “Sihat-salomatlik” jurnalidan tashqari boshqa tahririyatlarda ham mehnat qilgan. Masalan, «Boshlangʻich taʼlim», «Maktabgacha tarbiya», «Sogʻlom avlod uchun», “Hamshira”, “Nevrologiya”, «Ibn Sino», «Demokratlashtirish va inson huquqlari» jurnallarining nashr qilinishida faol qatnashgan.
2019-yildan buyon “S-Print” bosmaxonasida dizayner lavozimida ishlaydi. Hayotiy prinsipi: «Adib, sanʼatkor va rassomning asosiy vazifasi: yaratgan asarlari bilan odamlar qalbiga estetik zavq berish va emotsional taʼsir oʻtkazish orqali ularning ongini oʻstirishdan iborat» deb hisoblaydi.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
Kitobim
|
2026 |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
Kitobim
|
2026 | Hikoyalar |
0.0
|