- Tavalludi
- 17-iyul 1934
Samar Nurov 1934-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tugʻildi. 1956-yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) tamomlagach, “Qashqadaryo haqiqati” viloyat gazetasida, Qashqadaryo viloyat radiosida, “Sovet Oʻzbekistoni” (hozirgi “Oʻzbekiston ovozi”) gazetasida, “Guliston” jurnalida xizmat qildi. Koʻp yillar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat boʻlimining masʼul kotibi boʻlib ishladi. Samar Nurov “Olisdagi yulduzlar”, “Bodom guli”, “Chaqmoq”, “Rais” kabi koʻpgina qissalar va hikoyalar muallifidir. U Orol dengizi, oʻzbek chorvadorlari hayotidagi muammolarga doir bir qator ocherklar yaratgan tajribali publitsist hamdir. Samar Nurovning “Durdona”, “Seni sevaman, hayot!”, “Bir uy quvonch”, “Oltin vodiy”, “Beda hidi” kabi oʻnga yaqin nasriy kitoblari chop etilgan. Bu kitoblar oʻzbek nasri rivojida mustahkam oʻrin tutuvchi asarlar boʻlib qoldi. Adibning “Qarshi xoni” deb nomlangan tarixiy mavzudagi yangi asari nashrga tayyorlanib, uning ayrim boblari matbuot sahifalarida eʼlon ham qilingandi. Samar Nurovning adabiyotimiz va xalqimizga sidqidildan xizmatlari munosib taqdirlandi. U “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoniga sazovor boʻldi.
Kitoblar (2)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Chaqmoq
Samar Nurov
Chaqmoq
|
— |
0.0
(0)
|
|
Olisdagi yulduzlar
Samar Nurov
Olisdagi yulduzlar
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Chaqmoq
Samar Nurov
Chaqmoq
|
— | Qissa |
0.0
|
|
Olisdagi yulduzlar
Samar Nurov
Olisdagi yulduzlar
|
— | Qissa |
0.0
|