Saida Zunnunova

Saida Zunnunova

Tavalludi
15-fevral 1926
Vafoti
11-noyabr 1977
Hikoya Qissa

Isteʼdodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926-yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941-1943-yillarda Andijon pedagogika institutida tahsil oldi. Andijon maktablarida muallima, gazeta tahririyatlarida adabiy xodim boʻlib ishladi. Saida Zunnunovaning birinchi sheʼri 1945-yili «Paxta fronti» gazetasida bosilgan. Adabiyotta muhabbat yosh shoirani Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitet)ning filologiya fakultetiga yetakladi. U oʻqishni tamomlab, «Gulxan» jurnali, «Oʻzbekiston madaniyati» gazetasi va Badiiy adabiyot nashriyotida, shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi boʻlib xizmat qildi. Saida Zunnunova ayni kamolot yoshida 1977-yili ogʻir xastalikdan keyin vafot etgan. U yozuvchi Said Ahmadning sevimli rafiqasi edi. Ularning yolgʻiz qizlari va nabiralari bor. Shoiraning yoshlik sururi, Vatan shukuhi va mehnat nashidasini tarannum etuvchi «Qizingiz yozdi» (1948), «Yangi sheʼrlar» (1950), «Gullar vodiysi» (1954), «Qizlarjon», «Bir yil oʻylari» (1967) sheʼriy toʻplamlari kitobxonlar tomonidan katta quvonch bilan qabul qilindi. Saida Zunnunova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning «Gulbahor» hikoyalar toʻplamida (1956) ishchilar hayoti, oila va muhabbat mavzulari aks etgan boʻlsa, «Gulxan» (1958) qissasining asosiy qahramoni ayollar boʻlib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi oʻziga xos badiiy boʻyoqlarda ifodalangan. Adiba yozgan «Olov» (1962), «Boʻylaringdan oʻrgilay» (1972), «Direktor» kabi asarlarining qahramonlari ham ayollardir.

Kitoblar (10)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Olov Saida Zunnunova
Olov

0.0 (0)
Soʻqmoqlar Saida Zunnunova
Soʻqmoqlar

0.0 (0)
Olov Saida Zunnunova
Olov

0.0 (0)
Kechikish Saida Zunnunova
Kechikish

0.0 (0)
Qarz Saida Zunnunova
Qarz

0.0 (0)
Yoʻl boshida Saida Zunnunova
Yoʻl boshida

0.0 (0)
Ikki oʻt orasida Saida Zunnunova
Ikki oʻt orasida

0.0 (0)
Xotiralar uygʻongand... Saida Zunnunova
Xotiralar uygʻonganda

0.0 (0)
Shu uyning bekasi Saida Zunnunova
Shu uyning bekasi

0.0 (0)
Oʻkinch Saida Zunnunova
Oʻkinch

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.