Sabohaddin Ali

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Yozuvchi va shoir Sabohaddin Ali (Sabahattin Ali) 1907-yil 25-fevralda Bolgariyaning Kardjali shahrida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limini Uskudarda olgandan so‘ng Chanoqqal’ada o‘rta maktabni tamomlagan. Oliy ta’limini Balikesir muallimlar maktabida olgan. Sabohaddin 1928-yilda Ta’lim vazirligining stipendiyasi bilan Germaniyaga boradi. 1930-yili vataniga qaytgan adib Ko‘niyada adabiyot muallimi sifatida ishlay boshlaydi. Ilk hikoyasi “Oy” jurnalida chop qilinadi. U Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturkni haqorat qilganlikda ayblanib, hibsga olinadi (1932). Respublikaning o‘n yilligi munosabati bilan qamoqdan ozod qilinadi (1933-yil 29-oktyabr). U o‘zining vatanga va mamlakat asoschisiga sodiqligini isbotlash maqsadida “Borliq” jurnalining 1934-yil 15-yanvar sonida “Mening muhabbatim” nomli Mustafo Kamol Otaturkka bag‘ishlangan she’rini chop qildiradi. Shundan keyin u xalq ta’limi tizimida ishlashga ruxsat oladi. Dastlab, Anqara musiqa maktabida turk tili o‘qituvchisi, keyin davlat konservatoriyasida tarjimon, o‘qituvchi va dramaturg sifatida ishlaydi. 1945-yildan “Yangi dunyo” gazetasida, 1946-yildan “Marko Posho” gazetalarida siyosiy-tanqidiy maqolalar yoza boshlaydi. 1948-yilda “Zanjirlangan Hurriyat” gazetasidagi maqolasi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Sabohaddin Ali doimiy ta’qiblardan bezib, chet elga chiqib ketmoqchi bo‘ladi. Chegarada qo‘lga olinib, maxfiy ravishda o‘ldiriladi. Uning jasadi o‘ldirilganidan ikki yarim oy keyin topiladi. Adibning “Tegirmon”, “Ovoz”, “Yangi dunyo”, “Oynavand ko‘shk” hikoyalar kitobi; “Kuyujaklik Yusuf”, “Ichimizdagi shayton”, “Mo‘ynali Madonna” romanlari; “Tog‘lar va shamol” nomli she’r kitobi nashr qilingan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Sabohaddin Ali
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz