Rustamjon Ummatov

Rustamjon Ummatov

Tavalludi
29-aprel 1952
Hikoya

Rustamjon Ummatov 1952-yil 29-aprel kuni Chortoq shahrida tavallud topgan. Namangan Davlat pedagogika institutining (hozirgi universitet) tarix-filologiya fakultetini (1974) tamomlagach, maktabda, viloyat teleradiokompaniyasida muxbir, muharrir, boʻlim mudiri, bosh muharrir (1982–1999), viloyatning bosh nashri – «Namangan haqiqati»da maxsus muxbir (2000–2012), respublikaning yetakchi nashrlaridan «Qishloq hayoti» gazetasining Namangan viloyati, keyinchalik Fargʻona vodiysi boʻyicha muxbiri (2001–2007) va «Adolat» gazetasining Namangan viloyatidagi oʻz muxbiri vazifalarida ishlagan. «Eng ulugʻ, eng aziz» respublika tanlovi gʻolibi (2001), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining aʼzosi.«Charogʻbon» (2000), «Zulmatda soʻngan ziyolar» (2000), «Qutlugʻ dargoh» (2002), «Koʻngil gavhari» (sheʼrlar, 2002), «Vido manzili» (esse, 2005), «Obi ravon» (2007), «Samandar» (2007), «Axsikent» (2009), «Odam borki…» (2009), «Charogʻbonlar» (2016), «Namanganning sarkitobi» (2019), «Unutmas meni bogʻim» (hujjatli qissa, 2019), «Gʻaznai Namangon» (entsiklopediya, 2022) kabi kitoblari chop etilgan. Rustamjon Ummatov tarjimasida «Klodius Bombarnak» (Jyul Vern), «Oltin kasofati» (Bruno Traven), «Napoleonzoda» (Sharl Loran), «Napoleonning josusi» (Sh. Loran), «Robinzonlar maktabi» (J. Vern), «Muzlar iskanjasida» (J. Vern), «Ikki Diana» (Aleksandr Dyuma), «31-avgust» (Lorans Kosse), «Jallod changalidagi oshiqlar» (Shevale de Mezon Ruj, A. Dyuma) asarlari nashr etilgan.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Uch tup bugʻdoy Rustamjon Ummatov
Uch tup bugʻdoy

0.0 (0)
Bobur va Napoleon Rustamjon Ummatov
Bobur va Napoleon

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.