Rober Merl

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Rober Jan Jorj Merl (Robert Merle) 1908-yilning 28-avgustida Jazoirda tugʻildi. Uning otasi Feliks Merl harbiy tarjimon boʻlib, uning vafotidan soʻng onasi farzandlarini olib Fransiyaga koʻchib keladi va oilasi bilan shu yerda yashab qoladi. Rober Merl Parijdagi Buyuk Lyudovik litseyida falsafa va ingliz tili yoʻnalishida taʼlim oladi va uni bitirib, oʻqituvchilik bilan shugʻullanadi. Shu paytlarda u Jan-Pol Sartr bilan tanishadi. Merlning ilk eʼlon qilingan ishi Oskar Uayldning ijodiga bagʻishlangan doktorlik dissertatsiyasi boʻlgandi.
Yozuvchi ijodida falsafiy va ijtimoiy qarashlar kuchli boʻlib, u insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan. Merl koʻp qirrali ijodkor, u bir qancha pyesa, biografik asarlar, tarixiy romanlar va Fransiya oʻtmishiga oid 13 jildlik qadimiy xalq dostonlari, afsonalari muallifidir.
Yozuvchi 1949-yilda “Okean boʻyidagi Uik-end” asari uchun Fransiyaning eng oliy adabiy Gonkur mukofotiga sazovor boʻlgan.
Rober Merl 2004-yil Parij tashqarisidagi uyida 95 yoshida olamdan oʻtgan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Rober Merl
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz