Rauf Parfi

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
to'plam

Rauf Parfi (asli ismi: Tursunali Parfiyev) - oʻzbek shoiri. Otasi Parfi Muhammadamin savodli boʻlib, Fargʻona viloyatining Vodil qishlogʻidan shoʻrolar quvgʻini tufayli Shoʻralisoyga kelib qolgan. Onasi - Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Fargʻonadan edi. Rauf 1958-yilda 8-sinfni tugatgach, oʻqishni Yangiyoʻl shahridagi kechki maktabda davom ettiradi va mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965-yillarda Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Turli yillarda Kinematografiya davlat qoʻmitasi, “Oydin” gazetasi, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat hamda “Yozuvchi” nashriyotlarida muharrir boʻlib ishlagan.

Shoirrning irinchi sheʼri 1957-yilda eʼlon qilingan. Rauf Parfi “Karvon yoʻli” (1968), “Aks-sado” (1970), “Tasvir” (1973), “Xotirot” (1974), “Koʻzlar” (1976), “Qaytish” (1981), “Sabr daraxti” (1986)" Sukunat" (1991), “Tavba” (2001) kabi sheʼriy toʻplamlari, "Adashgan ruh" dostoni muallifidir.

Rauf Parfi lirik qahramon ruhiy olamining nozik evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi sheʼrlari bilan tanilgan. Shoir soʻzning rang va ohanglaridan, sheʼriy tasvir vositalaridan oʻziga xos uslubda foydalanadi. Sheʼrlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Rauf Parfi Bayronning “Manfred”, Nozim Hikmatning “Inson manzaralari”, Karlo Kaladzent “Dengiz xayoli” va boshqa jahon sheʼriyati klassiklarining sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Rauf Parfi
to'plam
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz