R

Rashod Nuri Guntekin

25.11.1889 07.12.1956

4.2 (5 ta baho)
hikoya roman

Rashod Nuri Guntekin (1889, Istanbul – 1956, London) – turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos. Istanbul universitetini tugatgan (1912). Dastlabki asarlari (“Eski oshna”, 1917; “Xanjar”, 1918; “Sirli qoʻl”, 1921 va b.)da kiborlar jamiyatiga xos illatlar fosh etilgan. Yozuvchining mashhur asarlaridan biri “Choliqushi” (1922) romanida turk qishloqlarining yorqin manzarasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan. “Tamgʻa” (1925), “Shafqat qiling”, “Yashil tun” (1928), “Xazonrezgi” (1930) romanlarida zamonasining oʻtkir ijtimoiy masalalari, inson va jamiyat, yashashning maʼnosi kabi muammolarni koʻtarib chiqadi. Guntekin 24 roman, 7 hikoyalar toʻplami, qator pyesalar yozgan, 24 jildli asarlar toʻplami nashr etilgan (1958 – 61). U “Lev Tolstoy” monografiyasi (1933) muallifi. Guntekin asarlari koʻp tillarga tarjima qilingan. “Choliqushi” (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi) va boshqa romanlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

Kitoblar (4)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Choliqushi
Choliqushi

4.3 (3)
Yashil kecha
Yashil kecha

4.0 (2)
G‘amsizning o‘limi
G‘amsizning o‘limi

0.0 (0)
Qush doni
Qush doni

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.