Ramiz Ravshan

Ramiz Ravshan

15.12.1946

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Ravshan Ramiz Mammadali oʻgʻli (Ramiz Rövşən) 1946-yil 15-dekabrda Boku shahrida tugʻilgan. 1969-yilda Ozarbayjon Davlat universitetini, 1978-yilda Moskva Oliy ssenariy kurslarini tamomladi. “Ozarbayjonfilm” kinostudiyasida, “Moʻzalan” satirik kinojurnalida muharrir, kinostudiya Bosh muharriri boʻlib ishlagan. 1992-yildan Ozarbayjon Tarjima markazining Bosh muharriri. Uning ssenariylari asosida bir nechta badiiy va hujjatli filmlar suratga olingan.
2013-yilda “Turk dunyosi bilim, adabiyot va sanʼat”, 2019-yilda Yevrosiyo Akademiyasining “Yevrosiyo afsonasi” mukofotlarining sohibi boʻlgan.
Bir nechta sheʼriy toʻplamlar muallifi. Sheʼr va hikoyalari koʻpgina tillarga tarjima qilingan. AQSh, Germaniya, Angliya, Fransiya, Polsha, Boʻlgʻoriya, Turkiya, Eronda nashr etilgan.
“Yomgʻirparast qoʻshiq”, “Kapalak qanotlari”, “Ketaylik biz boʻlmagan yerga”, “Nafas – kitoblar kitobi”, “Sevgi maktubi misol”, “Yomgʻir yuvar, kun quritar”, “Ishq ochari” kabi sheʼriy toʻplamlari, Aleksandr Blok, Aleksandr Sergeevich Pushkin, Anna Axmatova, Frederiko Garsiya Lorka, Grigorio Viyeru, Marina Svetayeva, Mixail Yurevich Lermontov, Semyon Kirsanov, Sergey Yesenin, Sharl Bodler, Vladimir Mayakovskiy kabi bir qator rus va jahon adabiyotidan tarjimalar kitoblari nashr qilingan.
Ramiz Ravshan Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi hayʼati va Ozarbayjon Matbuot kengashi aʼzosidir.
 

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Hamma o‘g‘il o‘stirgandi…
Hamma o‘g‘il o‘stirgandi…

0.0 (0)
Yomg‘irli kunning shomida…
Yomg‘irli kunning shomida…

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.