Rajabboy Raupov

image
2
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Isteʼdodli adib va jurnalist Rajabboy Ota Turk (Raupov) Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻilgan (21. 03. 1955). Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakulteti (1978), M. Gorkiy nomidagi Moskva adabiyot instituti Oliy kursini (1989) tugatgan.“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Xalq soʻzi” “Ishonch” gazetalarida boʻlim mudiri, “Oʻzbekiston tabiati” va “Ipak yoʻli” gazetalarining tashkilotchisi hamda Bosh muharriri vazifasida faoliyat koʻrsatgan.“Yurak sadosi” (1981), “Ona soʻz” (1989), “Nur darvozasi”, “Eʼtiqod” (2002), “Ustun” (2002-2005) kabi nasriy kitoblari chop etilgan. Uning “Osmonning egasi”, “Ostona”, va “Ona soʻz” qissalari mashhur. “Yurakdagi Buxoro” (1998) toʻplamining tuzuvchisi va mualliflaridan biri.“Ustun” romanida akademik H. Abdullayevning dolgʻali hayoti tasvirlangan. “Hayotimga suiqasd” nomli hujjatli romani avtobiografik xarakterga ega. Uning hikoya va qissalari rus, polyak, gruzin tillarida chop etilgan. Rus yozuvchilari, olimlari yosh oʻzbek yozuvchisi (80-yillar) Rajabboy Raupovning hikoyalari nasrchilikda milliy hodisa ekani haqida yozdilar…Ayni damda u geologiya, geofizika, seysmologiya, gidrogeologiya sohalari bilan jiddiy shugʻullanib, “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti OAJ 50 yoshda” (2009), “Mineral resurslar instituti” va “Seysmologiya instituti” (2012) kabi kitoblarni nashr ettirdi.

2 ta kitobdan 1 dan 2 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz