R

Rahmat Fayziy

10.09.1918 18.11.1988

4.0 (1 ta baho)
Hikoya Kinoqissa Roman

Taniqli adib Rahmat Fayziy 1918-yili Toshkentning Beshyogʻoch dahasida, kosib oilasida dunyoga keldi. U oʻrta maktabni tugatib, elektr-mexanika texnikumida oʻqidi. Soʻng respublika gazetalari, tahririyatlarida ishladi. Uning dastlabki sheʼriy mashqlari, lavha, ocherklari ham gazetalar sahifalarida eʼlon qilindi va uning qalami yildan-yilga charxlanib bordi. Rahmat Fayziy 1969-yili “Hazrati Inson” romanida temirchi Mahkam ota va Mehriniso opa hayoti orqali oddiy kishilar qahramonligini koʻrsatdi. Rahmat Fayziy 1962-1965-yillarda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida ishladi. Uning “Sen yetim emassan” (1962), “Yor-yor” kinossenariylari asosida ishlangan filmlar oʻzbek milliy kinosi rivojiga salmoqli hissa boʻlib qoʻshildi. Ayniqsa, yozuvchining “Sen yetim emassan” kinossenariysi boʻyicha suratga olingan film qator xorijiy mamlakatlar ekranlarida namoyish etilib, tomoshabinlarga manzur boʻldi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi tinch qurilish yillarida yozuvchi “Toʻy toʻyonasi” (1951), Mirzachoʻlni oʻzlashtirayotgan yoshlarga bagʻishlangan “Choʻlga bahor keldi” (1951), “Povest va hikoyalar” (1954), “Shohi darparda” (1958) kabi qissa, ocherk va hikoyalar toʻplamlari bilan elga tanildi. Ijodkorning “Tekin muzqaymoq”, “Mening bobom”, “Choʻntak”, “Nafisa” kabi hikoyalari bolalarni milliy ruhda tarbiyalashga xizmat qiladi. Rahmat Fayziy 1969-yili shu ssenariy asosida yaratgan “Hazrati Inson” romanida temirchi Mahkam ota va Mehriniso opa hayoti orqali oddiy kishilar qahramonligini koʻrsatdi. Rahmat Fayziy “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi”, “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi”, Polsha Xalq Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat arbobi faxriy unvonlari bilan taqdirlangan. Yozuvchining qator asarlari rus va boshqa qardosh tillarga oʻgirilgan. Rahmat Fayziy 1988-yilning kuz kunlarida vafot etgan.

Kitoblar (4)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Hazrati inson
Hazrati inson

4.0 (1)
Sen yetim emassan
Sen yetim emassan

0.0 (0)
Ona
Ona

0.0 (0)
Cho‘lga bahor keldi
Cho‘lga bahor keldi

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.