Radiy Gennadiyevich Fish - rus yozuvchisi, sharqshunos, tarjimon, filolog va harbiy xizmatchi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi bo'lgan.
Radiy Fish 1924-yil 28-oktyabrda Leningradda tavallud topgan. Otasi yozuvchi, kinossenarist Gennadiy Semyonovich Fish (1903-1971), onasi xoreograf Emma Mixaylovna Silderman (1900-1976). Yozuvchi oʻn yoshida Xitoyga, yaʼni inqilobga yordam berish uchun qochib ketmoqchi boʻlganini, bu qarorni xitoy tilini oʻrganib boʻlgandan soʻnggina amalga oshirishga ahd etganini eslab oʻtadi[. Bolaligidan boksga qiziqqan. Nemislar Sovet Ittifoqiga hujum qilgan kuni Fish oʻrta maʻlumot toʻgʻrisidagi shahodatnomani oladi va koʻngilli ravishda frontga ketadi. U Uzoq Shimoldagi Kareliyaning qor va botqoqlarida dengiz piyodalari qoʻshinining razvedka leytenanti sifatida jang qilgan. 1944-yil 11-martda ogʻir yaralangan.
Davolanib chiqqanidan soʻng, Moskva Sharqshunoslik institutining xitoy tili fakultetida boʻsh joy boʻlmagani uchun turk tili fakultetiga o‘qishga kiradi. 1949-yili ushbu fakultetda, 1952-yili aspiranturada oʻqishni tamomlaydi. “19191922 yillardagi turk xalqini milliy-ozodlik urushi turk badiiy adabiyotida” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1958-yilda baliq ovlash kemasida dengizchi boʻlib ishga kirgach, deyarli butun Atlantika va Tinch okeanini aylanib chiqadi.
Fish uzoq yillar Turkiya adabiyoti va madaniyati bilan shug‘ullangan. 1951-1963-yillarda Nozim Hikmat bilan tez-tez muloqot qilib turgan.
1964-yilda birinchi nasriy kitobi “За окунем через океан” nashr etiladi. Yozuvchi 1955-1962-yillari Riga yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi, keyinchalik latish tilidan tarjimon (1964), SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1984) boʻlgan Valda Adolfovna Volkovskayaga uylangan. 1962-yildan boshlab yozuvchi oliasi bilan “Sovetskiy pisatel” uy-joy qurilish kooperativiga tegishli uyda (Krasnoarmeyskaya koʻchasi 27-uy) istiqomat qilishgan. 2000-yil 6-sentyabrda yozuvchi vafot etadi va Vagankovo qabristoniga dafn etiladi.
# | Kitob nomi | Muallif | Janr | Reyting | Baholang | |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | Radiy Fish |
tarixiy
Memuar
|
0 | Javonga |