Qayum Tangriquliyev

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
ertak-qissa

Qayum Tangriquliyev (Kaýum Taňrygulyýew) – turkman bolalari va yoshlarining sevimli shoiri, yozuvchisidir. Ijodini bolalar shoiri sifatida boshlagan Qayum Tangriquliyevning “O‘zing kovla, o‘zing ek…”, “Tustovuq”, “Shamol va og‘a”, “Qoraqum qo‘shiqlari” kabi o‘nlab she’riy kitoblari chop etilgan.
Adibning Qoraqum sahrosiga bag‘ishlangan turkum badialardan iborat “Sahro ohanglari” kitobi e’tiborga molik. “Dutor baxtni kuylaydi” kitobida esa yozuvchi turkman xalqining turmush tarzi, urf-odatlari va milliy qadriyatlari to‘g‘risida ommabop, go‘zal tilda maroqlanib hikoya qiladi.
Qayum Tangriquliyev mohir tarjimon sifatida jahon xalqlari ertaklarini bir necha yirik turkum kitoblarda o‘quvchilarga taqdim etdi. U atoqli gruzin shoiri Shota Rustavelining “Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon” asarini ham turkmanchaga o‘girgan.
Yozuvchining adabiyot jabhasidagi iste’dodi, samarali mehnati munosib e’tibor topgan. Jumladan, u Maxtumquli nomidagi Turkmaniston davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Qayum Tangriquliyev
ertak-qissa
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz