Pu Sungling

Pu Sungling

Tavalludi
5-iyun 1640
Vafoti
25-fevral 1715
Novella

Pu Sungling (蒲松齡) 1640-yilda XXRning Shandung oʻlkasi Zichuan tumanida tugʻilib, 1715-yilda 76 yoshida vafot etgan. Pu Sungling yoshligida juda qobiliyatli boʻlib, tezda hikoyanavis yozuvchi sifatida tanilgan. Uning yozuvchilik taxallusi Lyu Chuanjyushi va Lyaojay boʻlgan, lekin asarlarining koʻp qismi Lyaojay taxallusida chop etilgan.
Pu Sunglingning asarlari asosan folklor adabiyotiga, shuningdek, afsona va rivoyatlarga asoslangan. Yozuvchi afsona va rivoyatlarga zamon talabiga mos ravishda sayqal berib, badiiylashtirgan. Shu sababli, uning oʻziga Lyaojay deb taxallus berishi bejiz emas. Chunki bu ism xitoy tilida “Suhbatxona” yoki “Nonushta vaqtidagi suhbat” maʼnolarini anglatadi. Yozuvchi oʻzining har bir asarini koʻp izlanishlar jarayonida mehnatkash omma bilan suhbatlashish va unga ijodiy yondashishlar orqali yaratgan. Rivoyatlarni toʻplash tariqasi ham gʻalati boʻlgan.
Pu Sungling tugʻilib oʻsgan Shangdung oʻlkasidagi qishloqdan katta bir yoʻl oʻtar, uning uyi aynan shu yoʻl ustida joylashgan edi. Yozning issiq kunlarida u bir necha kiyimini bozorda pullab, oʻrniga mosh olib kelardi-da, undan moshxoʻrda tayyorlab, oʻtgan-ketgan yoʻlovchilarni majnuntol tagiga oʻtqazib moshxoʻrda bilan siylardi. Fursatdan foydalanib, yoʻlovchini suhbatga tortar va undan koʻplab gʻaroyib va purmaʼno rivoyatlarni bilib olardi, soʻng ularni qogʻozga tushirardi. Shu tariqa bir-biridan qiziq novellalar dunyoga kelardi. Uning asarlarini Xitoy xalqigina emas, balki, butun dunyo adabiyot muxlislarining qiziqib oʻqishining sababi shunda.
Pu Sungling asarlari orasida “Lyaojay Jeyi”, yaʼni “Lyaojayning rivoyatlari” nomli asari koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Bu asar 16 jilddan iborat boʻlib, 491 hikoyani oʻz ichiga olgan va birinchi marotaba 1766-yilda chop etilgan edi.
Pu Sungling ijodi Xitoy jamiyatining eng ogʻir inqirozga yuz tutgan davriga toʻgʻri keldi. Bu davrda Xitoyda Manjur-Chin sulolasi hukmronlik qilar edi. Shu sabab mamlakatda milliy ziddiyatlar avj olgan, xalqi feodal hukmronlar zulmi ostida ogʻir hayot kechirardi.
Asli feodal oilasidan chiqqan Pu Sungling butun umrini qishloqda oʻtkazadi. U mehnatkash xalq dardini yaxshi tushunganidan asarlarida jamiyatdagi turli nohaqliklarni, poraxoʻrlikni, zoʻravonlikni qoralaydi, adolatni, mehr-muruvvatni, ayniqsa, yoshlarning sof muhabbatini joʻshib kuylaydi. Pu Sungling oʻz asarlarida ayol qiyofasini, uning tashqi va ichki goʻzalligini ochib berishga harakat qiladi. Pu Sunglinning feodal Xitoyda hukm surgan adolatsizlik, poraxoʻrlikka qarshi gʻazabi mazlum xitoy xalqining gʻazabi edi.
“Lyaojay Jeyi” koʻp tillarga tarjima qilingan. Gʻarb va rus adabiyotshunoslari ham Pu Sungling novellalariga yuqori baho berganlar hamda yozuvchining yuzdan ortiq novellasini gʻarb va rus tillariga tarjima qilganlar. G. Jaylz yozuvchi asarlarini “Ming bir kecha” ertaklariga oʻxshatadi. Italyan yozuvchisi Di Giura esa “Lyaojay Jeyi”ni Xitoy “Dekameron”i deb ataydi.

Kitoblar (3)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Begʻubor qiz – Ying... Pu Sungling
Begʻubor qiz – Ying Ning

0.0 (0)
Gʻoyibdan kelgan boy... Pu Sungling
Gʻoyibdan kelgan boylik

0.0 (0)
Qora chigirtka Pu Sungling
Qora chigirtka

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.