Premchand

image
2
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya roman

Hozirgi zamon hindi va urdu adabiyotlariga asos solgan realist yozuvchi va tanqidchi Premchandning (1880–1936) asl nomi Dhanpatray Shrivastav. U Banoras shahri yaqinidagi Lamhiy qishlogʻida pochta xodimi oilasida tugʻildi. Bir amallab oʻrta maʼlumot olgach, oʻqituvchilik qildi, maktablar boʻyicha rayon inspektori boʻlib ishladi. Uning ijodi XX asrning dastlabki yillaridan boshlandi. U 1920-yildan milliy ozodlik harakatiga qoʻshildi. 1930-yildan boshlab Ollohobod shahrida hindi tilida “Hans” (“Oqqush”) nomli jurnal chiqardi. 1936-yilda Butunhindiston taraqqiyparvar yozuvchilar uyushmasini tuzishda faol ishtirok etdi. Premchand asarlarining mavzusi turli-tuman. Yozuvchi asarlarida qishloq hayotini ayniqsa mahorat bilan tasvirlagan. Adabiyotshunoslar uni hind dehqonlarining orzu-umidlari kuychisi deb ataydi. Premchand 13 roman va qissa, 300 ga yaqin hikoya, bir necha pyesa, bir qator publitsistik va adabiyotshunoslikka oid maqolalar muallifidir. Uning ikki yuzdan ziyod hikoyasi hind tilida “Mansarovar” nomli 8 jilddan iborat toʻplamdan oʻrin olgan. Premchandning asarlari dunyodagi yirik tillarning barchasiga tarjima qilingan. Uning bir qator hikoyalaridan tashqari yana toʻrt romani rus tilida nashr etilgan. Oʻzbek tilida esa uch romani va bir hikoyalar toʻplami bosilib chiqqan. Ular quyidagilar: “Qismat” (asl nomi “Goʻdan” – “Qurbonlik sigir”), 1962, “Nirmala”, 1967, “Najot” (asl nomi “Gʻaban” – “Xiyonat”), 1976 va “Bir kelin hikoyasi” (hikoyalar toʻplami), 1975.

2 ta kitobdan 1 dan 2 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz