Pedro Antonio de Alarkon

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
qissa

Ispaniya mumtoz adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri boʻlgan Pedro Antonio de Alarkon (Pedro Antonio de Alarcón y Ariza) Andaluziya viloyatining Guadisa shaharchasida qashshoqlashgan qadimgi zodagonlar oilasida dunyoga keldi.
Alarkonning adabiy faoliyati Guadisa shahrida oʻzi asos solgan “Gʻarb aks-sadosi” gazetasi uchun va Madridda chiqadigan “Qamchi” gazetasi uchun gʻoyatda oʻtkir va munozarali maqolalar yozish bilan boshlanadi.
Keyinroq u batamom ijodga berilib, sheʼrlar, hikoyalar, pyesalar yoza boshlaydi. Biz bu oʻrinda, gapni muxtasar qilib, adibning bir qator asarlarini sanabgina oʻtishni lozim koʻrdik. Bular: “Normaning tugatilishi” romani, “Koʻmirchi-alkald” hikoyasi, “Alpuxorra” sheʼrlar toʻplami, “Janjal”, “Chaqaloq”, “Uchburchakli shlyapa” qissalari va boshqalardir.
Alarkon asarlarining hammasi ham bir tekisda boʻlgan deb boʻlmaydi. U yaratgan asarlarning ayrimlari tez unutib yuborildi. Hatto hozir ham Ispaniyada Alarkonni shoir yoki dramaturg sifatida kamdan-kam odam biladi. Lekin uning nasriy asarlari hozirgi kungacha XIX asr ispan adabiyotining eng katta boyligi, eng nodir namunasi boʻlib hisoblanib keladi. Bu nasriy asarlardan biri boʻlgan uning “Uchburchakli shlyapa” qissasi esa juda koʻp xalqlar tillariga tarjima qilinib jahon kezdi.
“Uchburchakli shlyapa” dunyoga kelganidan keyin oradan yigirma yil oʻtgach kompozitor Gugo Volf bu asar asosida “Korrixidor” nomli komik opera yaratdi. 1917-yilda esa mashhur ispan kompozitori Manuel de Falya “Uchburchakli shlyapa” baletini yozdi. Pablo Pikasso dekoratsiyasi bilan sahnalashtirilgan bu balet jahon xoreografiyasi tarixida eng mashhur spektakllardan biri boʻlib qoldi. 30-yillar boshida Italiya kompozitori Rikkardor Zandoni bu qissa asosida hazil-opera yaratdi. Oradan yana bir necha yil oʻtgach, “Uchburchakli shlyapa” suratga olinib, kino ekranlarida namoyish qilina boshladi.

1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz