Patrisia Bernard

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Patrisia Bernard 1942-yilda Avstraliyaning Melburn shahrida tug‘ilgan. Uning ilk ijodiy ishi Judi Nann hamda Fiona Ueyte bilan hammualliflikda yozilgan “Trampalar jumbog‘i” asari 1981-yilda chop etiladi. Yozuvchi mazkur asarni Judi Bernard-Ueyt taxallusi ostida nashr ettiradi. Fantastika janrida yozilgan va bolalar uchun mo‘ljallangan mazkur asar “yashil” qit’ada katta shuhrat qozonadi. Hikoya qahramoni – Trampalar asarda tabiat himoyachisi, daraxtlar qo‘riqchisi sifatida talqin etilgan va o‘z vaqtida adabiyotshunoslar hamda adabiyot ixlosmandlari tomonidan abadiy obraz, kuchli timsol, deya ta’riflangan.
Katta muvaffaqiyat va yuksak e’tirofdan ruhlangan mualliflar mazkur turkumni davom ettirishga qaror qilishadi. 1986-yilda bu “mualliflar uchligi”ning yana bir kitobi “Trampalar chorlovi” nashrdan chiqadi. 1983-yilda Patrisia Bernardning hammualliflarsiz yozgan ilk kitobi chop etiladi. 1988-yildan 1999-yilgacha yozuvchi oltita roman, shu jumladan, “Darbadar” trilogiyasini ham yozib tugatadi. Uning bir nechta qisqa hikoyalari Pol Kollins nashrga tayyorlagan antologiyadan o‘rin oladi hamda kitob nashr etilgach, bu hikoyalari kitobxonlar orasida ancha shov-shuvga sabab bo‘ladi.
1997-yilda yozuvchining “Darbadar” trilogiyasiga kirgan “Darbadar” romani Avstraliyadagi eng nufuzli “Aurealis” mukofotining “Eng yaxshi roman” nominatsiyasiga nomzod asarlar ro‘yxatidan joy oladi. Biroq, yozuvchining omadi chopmaydi, u imkoniyatni o‘z hamkasblari Izabel Karmodi va Katrina Jinksga boy beradi.
Yozuvchi ayni paytda Sidneyda istiqomat qiladi.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Patrisia Bernard
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz