Parashuramning (রাজশেখর বসু) asl ismi Rajshekhar Bosu boʻlib, Gʻarbiy Bengaliya (Hindiston)ning Vardhaman viloyatida 1880-yil 16-martda dunyoga kelib, 1960-yilning 27-aprelida vafot etgan.
U adabiyot maydonida 1920-yildan koʻrina boshlagan. Bungacha oʻzi dastavval qiziqqan lingvistika va kimyo fanlari boʻyicha taniqli mutaxassis olim darajasiga koʻtarilgan, oʻsha vaqtdagi qator davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan edi. Olimning adabiyotdagi ishlariga “buyuk hindu” Rabindranat Tagor yuqori baho bergan. Ayniqsa, Poroshuramning “Chalantika” deb ataluvchi bengalcha izohli lugʻati bengal millatining faxr-u gʻururiga aylangan. Yengil yumor va oʻtkir hajv bilan yoʻgʻrilgan uning katta-kichik asarlari butun Hindistonda shov-shuvlarga sabab boʻlgan. Qator unvon-u mukofotlar sirasida 1956-yilda berilgan eng oliy adabiy mukofot Padma yozuvchining favqulodda isteʼdod sohibi boʻlganidan darak beradi.
# | Kitob nomi | Muallif | Janr | Reyting | Baholang | |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | Parashuram |
hikoya
|
0 | Javonga |