Pablo Neruda

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:

Pablo Neruda (taxallusi; asl ism-sharifi Neftali Rikardo Reyes Basualto) (1904. 12. 7, Parral sh. – 1973. 23. 9, Santyago) – Chili shoiri, diplomat. Santyago universitetida taʼlim olgan. Chili Senatining aʼzosi va diplomat sifatida koʻp mamlakatlarda boʻlgan.

“Oʻlmaydigan odamning xatarli qadami” (1926) toʻplamida sheʼrning anʼanaviy oʻlchamlari va qofiyalaridan voz kechib, ichki kechinmalarni syurrealizmga yaqin til va obrazlar bilan ifodalagan. “Yashash joyi – Yer” (1933, 2 jild), “Yurakdagi Ispaniya” toʻplamlariga kirgan asarlarida insoniyat ozodligi uchun kurash gʻoyalari aks etgan.

Neruda 1941–44-yillar marksizm bilan qiziqadi, Chili kommunistik partiyasiga aʼzo boʻladi. Shu yillarda Chili prezidentini “AQSh qoʻgʻirchogʻi” deb haqorat qilganlikda ayblanib, hukumat tomonidan taʼqib ostiga olinadi. Neruda Meksikaga ketadi va u yerda 340 sheʼrdan iborat monumental asari “Umumjahon qoʻshigʻi” (1950)ni yozadi. Asarda Lotin Amerikasining oʻtmishi va buguni marksistik nuqtai nazardan talqin etilgan. Kitob Chilida taqiqlangan, kommunistlar uni yashirin tarqatishga uringanlar.

Shoirning 1950–60-yillar ijodi Neruda fikr doirasining kengayganidan, poetik mahoratining yanada takomillashganidan dalolat beradi: “Sevgi haqida 100 sonet”, “Chili toshlari” (1960), “Diniy marosim qoʻshiqlari” (1961), “Qiyomat” (1963) sheʼriy toʻplamlari, “Qora orol memoriali” avtobiografik dostoni (1–5-j. lar, 1964) va boshqalar. U Toshkentda boʻlgan.

Nobel mukofoti laureati (1971).

1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz