O

Ozod Moʻmin Xoʻja

Tavalludi
12-noyabr 1952
Fantastik hikoya Hikoya Roman Tarix Tarixiy

Ozod Moʻmin Xoʻja (Moʻminov Ozod Poʻlatovich) 1952-yil 12-noyabrda Toshkentda tugʻilgan. Toshkent Davlat Universiteti Fizika fakultetini tamomlagan. 1975-yili VNIIPromgazning Oʻrta Osiyo filialida injenerlik faoliyatini boshlagan. 1980-yildan to 1990-yilgacha Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-Texnika ilmiy-tekshirish institutiga oʻtib, ilmiy xodim sifatida faoliyat olib borgan. Tadqiqotlari asosida fizika-matematika fanlari nomzodi dissertatsiyasini yoqlagan. Katta iqtisodiy foyda keltiruvchi ixtirolari uchun “Sovet Ittifoqi ixtirochisi” medaliga sazovor boʻlgan. Shu yillar davomida adabiyotga qiziqib fantastik hikoyalar bita boshlagan. 1987-yilda “Xiyobondagi uch uchrashuv” fantastik hikoyalar toʻplami, 1989-yilda “Men – robot” kitobi, 1990-yilda “Eng dono ot” kitobi (tarjima asar) bosmadan chiqqan. Shu yillarda uning ayrim asarlari Rossiya va Ukraina matbuotida tarjima qilinib nashr etilgan. 1992-yilda “Buyuk Amir Temurning yoquti” tarixiy asari “Sharq yulduzi” jurnalida va 1993-yili alohida toʻplamda chop etilgan.“Bir yigit va uch qiz hangomasi” hajviy hikoyalari toʻplami (1997), “Sardor “Beshagachskiy” – toza oʻgʻri” kriminal qissasi (2004), “Vahdat ul-haqoyiq” falsafiy traktati (2006),  “Oyjamol” choyxonasi” kriminal trilleri (2007) chop etilgan. 2006-yildan Oʻzbekiston tarixidagi noyob xislatli insonlar hayotiga qiziqib, ularni oʻrgana boshlagan va 2008-yilda buyuk Bahouddin Naqshbandning ustozi haqida “Hazrat Sayid Amir Kulol” nomli tarixiy voqeanomalar asarini yozib tugatgan. 2010-yilda boshqa bir buxorolik noyob inson haqida “Xoʻja Muhammad Parron” deb nomlangan tarixiy voqeanomalar asarini bitgan. Bu asarlar koʻp chigʻiriqlardan oʻtgach, 2012-yil oxirlarida chop etilgan. Ozod Moʻmin Xoʻja 1991-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilari Uyushmasiga qabul etilgan.

Kitoblar (12)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Julqunboy bilan suhb... Ozod Moʻmin Xoʻja
Julqunboy bilan suhbat

0.0 (0)
Vaqt tezligi Ozod Moʻmin Xoʻja
Vaqt tezligi

0.0 (0)
Buyuk Amir Temur yoq... Ozod Moʻmin Xoʻja
Buyuk Amir Temur yoquti

0.0 (0)
Yurak-bagʻri butun Ozod Moʻmin Xoʻja
Yurak-bagʻri butun

0.0 (0)
Shaharda kim bor? Ozod Moʻmin Xoʻja
Shaharda kim bor?

0.0 (0)
Uchqun va alanga Ozod Moʻmin Xoʻja
Uchqun va alanga

0.0 (0)
Pul tashuvchi mashin... Ozod Moʻmin Xoʻja
Pul tashuvchi mashina

0.0 (0)
Otaning duosi – oʻq Ozod Moʻmin Xoʻja
Otaning duosi – oʻq

0.0 (0)
Pahlavon Mahmudning... Ozod Moʻmin Xoʻja
Pahlavon Mahmudning Hindiston safari

0.0 (0)
Labirint – chalkash,... Ozod Moʻmin Xoʻja
Labirint – chalkash, chiqib ketish mushkul boʻlgan yoʻl qayrilishlari majmuasidir

0.0 (0)
Ajal chaqirigʻi
Ajal chaqirigʻi

0.0 (0)
Moʻjiza inson — Hazr... Ozod Moʻmin Xoʻja
Moʻjiza inson — Hazrati Imom Buxoriy

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.