Oydinniso

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
qissa

Oydinniso (Yo‘ldosheva) 1980-yili Samarqand viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
Oʻquvchilik yillari „Paxtachi“ tuman gazetasida jamoatchi muhbir boʻlgan va tahririyat qoshidagi „Yosh qalamkashlar“ toʻgaragiga qatnashib, bir qator tanlovlarda oliy oʻrinlarni egallagan. Talabalik davrida turkum sheʼrlari va maqolalari bila omma eʼtiborini tortgan va 1999-yilda respublika yos ijodkorlarining Zomin seminari gʻolibi sifatida shuhrat qozongan. Oydinniso „Turkiston“ gazetasida 2000-yildan 2005-yilgacha faoliyat yuritgan. Keyinchalik „Xordiq“ gazetasida va „Yangi asr avlodi“ nashriyot-matbaa markazida ishlagan. Ayni paytda Gʻafur Gʻulom nashriyotida ishlamoqda.
Shoiraning dastlabki sheʼrlari „Zarafshon“, „Paxtachi“ gazetalari shuningdek, „Gʻuncha“, „Gulxan“ jurnallarida chop etilgan. Bundan tashqari Oydinnisoning sheʼrlari „Oʻzbek modern sheʼriyati“, „Istiqlol umidlari“, „Yurtni sevmoq — saodat“ va boshqa bir qator toʻplamlardan oʻrin olgan[2]. Oydinnisoning „Nomsiz“, „Mensizlik“, „Qaytish“, „Qoralama“, „Hovur“, nomli sheʼriy toʻplamlari hamda „Hayot daraxti“ nomli qissqasi chop etilgan. Shoira nafaqat sheʼr yozgan balki Yapon adibi Ryunoske Akutagavaning bir qator novellalarini oʻzbek tiliga oʻgirgan, jumladan „Batat boʻtqasi“ nomli kitobni nashrga tayyorlagan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Oydinniso
qissa
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz