Otabek Hasanov

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:

Otabek Abdurashidovich Hasanov - oʻzbek siyosatchisi, siyosiy fanlar doktori. Oʻzbekiston davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi oʻrinbosari. Ayni vaqtda agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi. 2024-yil 2-fevralda “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” rahbari etib tayinlangan.

Otabek Xasanov 1985-yil 9-martda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi siyosatshunoslik, davlat boshqaruvi, menejment. 2006-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini bakalavr bosqichini tamomlagan. 2008-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini magistraturasini, 2013-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.

Otabek Xasanov mehnat faoliyatini 2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi bosh eksperti sifatida boshlagan. Mazkur lavozimda 2010-yilga qadar ishlagan. 2009-2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor yordamchisi, 2011-2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi “Xorijiy davlatlar siyosiy tizimi va xalqaro iqtisodiy aloqalar” kafedrasi kabinet mudiri va assistent oʻqituvchisi, 2013-2017-yillarda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, 2017-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi boshqaruvi akademiyasi „Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash“ fakulteti dekani, 2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari.

2020-yilda Otabek Xasanov muallifligidagi “Liderlar kitobi” nashr etilgan.

2021-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Otabek Hasanov 0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz