- Tavalludi
- 27-avgust 1949
Oʻrozboy Abdurahmonov 1949-yil 27-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanida tugʻilgan. 1973-yili Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Turli yillarda “Jetkinchik” bolalar gazetasida, “Amudaryo” jurnalida, Qoraqalpogʻiston yozuvchilar uyushmasida, “Qoraqalpoqfilm” uyushmasida, “Oʻzbektelefilm”ning Qoraqalpogʻiston boʻlimida ishlagan. Ayni paytda Qoraqalpogʻiston yozuvchilar uyushmasi rahbari oʻrinbosari lavozimida mehnat qilmoqda. Oʻrozboy Abdurahmonov Qoraqalpogʻiston Yoshlar mukofoti laureati (1979), ekologiya sohasida YuNESKO medali sohibi (1987), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1999), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2001), Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchi (2004) unvonlari egasidir. Uning “Bir muhabbat tarixi” (1977), “Qoʻshnilar” (1981), “Changalzor paygʻambari halokati” (1987), “Orolim, dardim mening” (1985) kitoblari chop etilgan.“Boʻsagʻa” romani “Oʻzbekiston” nashriyotida chiqish arafasida. Uning “Oʻjar” komediyasi 1981-yildan shu kungacha Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat teatrida sahnadan tushmay kelmoqda.
Kitoblar (5)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Boysunda tong otdi…
Oʻrozboy Abdurahmonov
Boysunda tong otdi…
|
— |
0.0
(0)
|
|
Yutqazaveraylik
Oʻrozboy Abdurahmonov
Yutqazaveraylik
|
— |
0.0
(0)
|
|
Qaysarlar
Oʻrozboy Abdurahmonov
Qaysarlar
|
— |
0.0
(0)
|
|
Tushlik
Oʻrozboy Abdurahmonov
Tushlik
|
— |
0.0
(0)
|
|
Tugʻilgan kun
Oʻrozboy Abdurahmonov
Tugʻilgan kun
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Boysunda tong otdi…
Oʻrozboy Abdurahmonov
Boysunda tong otdi…
|
— | Esse |
0.0
|
|
Yutqazaveraylik
Oʻrozboy Abdurahmonov
Yutqazaveraylik
|
— | Hajviya |
0.0
|
|
Qaysarlar
Oʻrozboy Abdurahmonov
Qaysarlar
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Tushlik
Oʻrozboy Abdurahmonov
Tushlik
|
— | Hajviya |
0.0
|
|
Tugʻilgan kun
Oʻrozboy Abdurahmonov
Tugʻilgan kun
|
— | Hajviya |
0.0
|