O

Oraz Yag‘mur

15.08.1947

0.0 (0 ta baho)
Roman

Taniqli turkman adibi Oraz Yagʻmur 1947-yilning  15-avgustida tavallud topdi.  1972-yilda Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universitetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. “Tuman tarqalganda” romani ikki marotaba 57 ming nusxada chop etilgan. “Maxtumquli” kitobi 1992-yilda 30 ming nusxada chiqqan. Adibning Qaygʻusiz Otaboy, Xolmuhammad Nuriy, Otaturk, Turk dunyosi allomalari bilan bogʻliq koʻplab asarlari bor. Uning kitoblari Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro, Hoji Bektoshi Vali, Qoracha oʻgʻlon kabi buyuk siymolarni turkman oʻquvchisiga tanitishda katta hissa qoʻshdi. Muallif adabiyotshunos, tarixchi, etnograf sifatida turli mamlakatlarda boʻlib oʻtgan xalqaro ilmiy anjumanlarda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etgan. Uning “Tegirmon toshi” (2010 y.), “Gazeta hoshiyasidagi bitiklar” (2012 y.) singari kitoblari oʻzbek tilida ham chop etilgan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Maxtumqulinoma
Maxtumqulinoma

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.