Orasio Kiroga

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Orasio Silvestre Kiroga Forteza (Horacio Silvestre Quiroga Forteza) – mashhur Urugvay hikoyanavisi, dramaturg va shoiri. U, shuningdek, nikaragualik shoir Ruben Dario asos solgan modernizm maktabi davomchisidir.
Orasio Kiroga 1878-yil 31-dekabrda Urugvay g‘arbida joylashgan Salto shahrida tug‘ildi. Orasio oilada ikkinchi farzand edi. Uning otasi Prudensio Kiroga argentinalik bo‘lib, konsul o‘rinbosari vazifasida ishlardi. Farzandlar tarbiyasi bilan onasi Pastora Forteza shug‘ullangan.
Orasio tabiatni juda sevgan, bir necha yillar davomida tropik o‘rmonlarda yashab suratkashlik bilan ham shug‘ullangan. Shuningdek, u mashhur adiblar Edgar Allan Po va Gi de Mopassan asarlarini qo‘ldan qo‘ymay o‘qirdi. Buning ta’sirini Orasio Kiroganing tabiatning ajabtovur aqlga sig‘mas xususiyatlari tasvirlangan, his-hayajon va qo‘rquv tug‘diruvchi mistik asarlarida kuzatish mumkin. Uning Cuentos de amor de locura y de muerte, El crimen de otro, Los perseguidos, El almohadón de pluma, Anaconda, Pasado amor kabi yozganlari shunday asarlar sirasiga kiradi.
O‘zining hayoti ham sir-sinoatlarga to‘la Orasio Kiroga 1937-yilda 58 yoshida Buenos Ayres shahri kasalxonasida o‘z joniga qasd qilish natijasida vafot etgan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Orasio Kiroga
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz