Oqiljon Husanov

image
3
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
qissa

Yozuvchi Oqiljon Husanov 1932-yilning aprelida Jizzax tumanining Ravotlik qishlogʻida, dehqon oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabni bitirgach (1940-1949), Samarqand Davlat universitetida taʼlim oladi (1949-1954). Soʻngra Samarqand viloyati gazetasida ishlab, musahhihlikdan masʼul kotib lavozimigacha koʻtariladi. 1960-yilda Toshkentga kelib, “Mushtum” jurnalida adabiy xodim, boʻlim mudiri, masʼul kotib sifatida faoliyat koʻrsatadi. 1967-yilda “Sharq yulduzi” jurnaliga oʻtadi va u yerda to 1979-yilgacha avval boʻlim mudiri, soʻng masʼul kotib boʻlib xizmat qiladi. 1980-yildan 1992-yilgacha “Guliston” jurnalida turli lavozimlarda ishlab, bosh muharrir oʻrinbosari darajasigacha koʻtariladi. Yozuvchi 1982-yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor boʻlgan. Oqiljon Husanov ijodi talabalik davridayoq boshlangan boʻlib, shu kungacha uning koʻplab sheʼriy, nasriy asarlari, qissa va romanlari chop etilgan. Ular orasida “Qoʻshiqchining taqdiri” (1963), “Samarqand bulbuli”, “Mehri daryolar” (1971), “Boʻlmaganga boʻlishma” (1973), “Qashqar goʻzali” (1976), “Togʻda oʻsgan bola” (1975), “Bulbulning goʻshti” (1977), “Togʻda oʻsgan bola yoxud jiyanning yangi sarguzashtlari” (1980), “Sirli odam” (1980), “Taqilmagan uzuk” (1983), “Baxt qayerda” (1987), “Qishloqqa sayohat” (1988), “Ucholsa ham ucholmagan turna” (1990), “Ustaning muhabbati” (1991) kabi kitoblari hamda “Goʻroʻgʻli qissasi” kabi asarlari mavjud. Yozuvchi mazkur asarlarida pokiza va begʻubor yoshlik xotiralaridan, yoshlarning yechilgan yoxud yechilmay qolgan orzu-armonlaridan, muhabbat sarguzashtlaridan hikoya qiladi. Oqiljon Husanov 2001-yilda vafot etgan.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz