Olimjon Xoldor

image
4
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya esse roman

Shoir Olimjon Xoldor 1932-yil 18 sentyabrda Andijon viloyati Buloqboshi tumanining Kulla qishlogʻida tugʻilgan. Avval toʻliqsiz oʻrta maktabda, soʻng Andijondagi pedagogika bilim yurtida oʻqiydi. Fargʻona Davlat pedagogika institutini tugatgach, avval maktabda oʻqituvchi, Andijon radiosida muharrir, soʻng jurnal va gazetalarda muxbir boʻlib ishlaydi. 1968-1983-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon boʻlimiga boshchilik qiladi. Olimjon Xoldor ijodi 60-yillardan boshlangan boʻlib, birinchi sheʼrlar kitobi “Argʻuvon tagida” nomi bilan 1965-yilda ustoz Mirtemir tahriri ostida chop etildi. Hozirgacha oʻn beshga yaqin kitobi, publitsistik maqolalari nashr etilgan. Jumladan, “Andijon suluvi” (1968), “Oshiqona” (1970), “Kaftimdagi tuproq” (1972), “Andijon bahori” (1976), “Subhidam qoʻshiqlari” (1977), “Kumush kosa” (1979), “Toʻyona-toʻyona” (1982), “Er farzandi” (1986), “Senga intilaman” (1986), “Davrani kengroq oling” (1990), “Koʻngil”, “Armon”, “Koʻz tegmasin” (1992) singari toʻplamlari nashr etilgan. Shuningdek, u “Men – Andijonman”, “Andijon samosi”, “Kelajakdan bir sado”, “Subhidam qoʻshiqlari”, “Gulruxsor”, “Kumush kosa”, “Karvon qoʻngʻirogʻi”, “Roz” kabi liro-epik asarlar ham yaratgan. Olimjon Xoldor qoʻshiqchi shoir sifatida ham maʼlum boʻlib, uning ellikdan ortiq gʻazallariga kuylar bastalangan. Shoir dramaturgiya sohasida qalam tebratib, “Qotil kim?”, “Sevgi afsonasi”, “Lola”, “Boboruh” kabi dramalar yaratgan. Shoirning yuqorida tilga olingan toʻplamlariga kirgan aksar sheʼrlari bepoyon vodiy va uning zahmatkash kishilari haqida boʻlib, inson goʻzalligi, uning maʼnaviy olami tasvir etiladi. Olimjon Xoldor soʻnggi yillarda yirik epik janrlarga ham qoʻl urib, “Koʻngil” qissasi, uch kitobdan iborat “Arosat” romani va “Moʻjiza” kabi asarlarini kitobxonlar hukmiga havola etdi. U Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobidir (1992).

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz