O‘ktam Usmonov

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
5.0
Reyting
Janrlari:
roman

U 1938-yilda Toshkent viloyatining Qibray tumani Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Toshkent pedagogika institutiga kirib o‘qidi. Uni muvaffaqiyatli tugatgach, avval respublika gazetalarida xizmat qildi. 1972-1982-yillarda respublika partiya Markaziy Qo‘mitasida mas’ul vazifada, so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib hamda «O‘zbekiston ovozi» gazetasida bosh muharrir vazifalarida ish olib bordi. Adib ijodining boshlanishi 50-yillarning so‘ngi, 60-yillarning boshlariga to‘g‘ri keladi. O‘ktam Usmonovning birinchi hikoyalar to‘plami 1964-yilda «Guldasta» nomi bilan chop etildi. Shundan so‘ng 1965-yilda «Bahs boylashgan bola», 1970-yilda esa «Bahor chaqmoqlari» nomli hikoyalari va ilk qissasi nashr etiladi. So‘ngra adibning «Notinch kecha» (1976), «Sirli sohil» (1981) kabi hikoyalar to‘plami o‘quvchiga taqdim etiladi. Ushbu hikoyalarda adibning inson va insoniylik haqidagi mushohadalari rang-barang obrazlar, hayotiy detallarda umumlashtiriladi. Hikoyalarida adibning inson va insoniylik haqidagi mushohadalari rang-barang obrazlar, hayotiy detallarda umumlashtiriladi. O‘ktam Usmonovning «Girdob» romanida adolat bilan nohaqlik, sadoqat bilan xiyonat o‘rtasidagi kurash mahorat bilan tasvirlangan. O‘ktam Usmonov mazkur roman O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi mukofotiga sazovor bo‘lgan. Yozuvchining bir qator asarlari rus va qardosh tillarda chop etilgan. Iste’dodli adib va jurnalist O‘ktam Usmonov qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin oladigan «Girdob» kabi ajoyib roman qoldirib ketgan san’atkordir. U qissanavis sifatida «Bahor chaqmoqlari», «Kishan», «Qismat» kabi bir qator jiddiy asarlar ham yaratdi. So‘nggi ikki asar adabiy tanqidchilik tomonidan yaxshi baholandi. O‘ktam Usmonov ijodida «Girdob» (1979) romani alohida o‘rin tutadi. Unda adolat bilan nohaqlik, sadoqat bilan xiyonat o‘rtasidagi kurash mahorat bilan tasvirlangan. Adib 1990-yil 3-yanvarda vafot etgan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 O‘ktam Usmonov
roman
5.0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz