- Tavalludi
- 12-oktabr 1934
- Vafoti
- 13-dekabr 1977
Yozuvchi Oʻgʻuz Atay (Oğuz Atay) 1934-yilning 12-oktyabrida Turkiyaning Kastamonu viloyatiga qarashli Ineboʻlu tumanida tugʻilgan. 1957-yilda Istanbul Texnika universitetining Meʼmorlik fakultetini tamomlagan. 1975-yilda Istanbul davlat muhandislik va meʼmorlik akademiyasida meʼmorlik sohasi boʻyicha dotsent unvonini olgan. Tadqiqotlari natijasini “Topografiya” nomli oʻquv qoʻllanmasida eʼlon qilgan. U adabiyot muxlislariga gazeta va jurnallarda nashr qilingan adabiy maqolalari bilan tanilgan edi. 1971-72-yillarida nashr qilingan “Tutunamayanlar” nomli romani esa oʻsha yilning oʻzida turk adabiyotida katta voqea sifatida tilga olina boshlangan edi. Bu asar Turkiya teleradio kompaniyasining “Yilning eng yaxshi romani” mukofotiga sazovor boʻlgan. Adabiyotshunos Berna Moran bu asarni turk adabiyotida butunlay yangi asar ekanligini taʼkidlab “mohiyatan va usluban bir isyon mahsuli” deb taʼriflagan edi. Adibning nashr qilingan asarlari: Tehlikeli Oyunlar (1973), Bir Bilim Adamının Romanı (1975), Korkuyu Beklerken (1975), Oyunlarla Yaşayanlar (1975), Günlük (1987) Eylembilim (1998). Oʻgʻuz Atay 1977-yilning 13-dekabrida miya saratoni tufayli 43 yoshida olamdan oʻtgan.
Kitoblar (2)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Otamga maktub
Oʻgʻuz Atay
Otamga maktub
|
— |
0.0
(0)
|
|
Unutilgan
Oʻgʻuz Atay
Unutilgan
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Otamga maktub
Oʻgʻuz Atay
Otamga maktub
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Unutilgan
Oʻgʻuz Atay
Unutilgan
|
— | Hikoya |
0.0
|