O

Og Mandino

12.12.1923 03.09.1996

0.0 (0 ta baho)

Og Mandino (1923-1996) – amerikalik yozuvchi. Onasi vafot etgach, u 17 yoshida qog‘oz fabrikasiga ishga kirdi, so‘ngra harbiy uchuvchilik o‘quv yurtida tahsil oldi, Ikkinchi jahon urushida qatnashdi. Urushdan keyin “Bu ishni bugun bajar!” so‘zlarini o‘ziga shior qilgan Mandino dastavval notiq sifatida tanildi. Aynan uning notiqlik san’ati tufayli minglab tinglovchilar hayotini qaytadan boshlashdi, ma’naviyatini boyitish mo‘jizasini kashf etishdi. Keng omma bilan muloqot uning vujudida bolalikdagi yozuvchilikka bo‘lgan qobiliyatini uyg‘otdi va ijodga kirishdi. Yozgan asarlari mavzusi qiziqarli va o‘ziga xos bo‘lgani uchun kitoblari qo‘lma-qo‘l o‘qildi, dunyo bo‘ylab tarqaldi. Uning “Buyuk savdogar”, “Yaxshi yashash siri”, “Akabar “Umidnoma”si”, “Dunyo-dagi buyuk mo‘jiza” kabi 14 ta kitobi jahondagi 25 tilda 50 milliondan ortiq nusxada bosilib chiqqan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Yaxshi yashash siri
Yaxshi yashash siri

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.