Nurulloh Muhammad Raufxon
14.02.1955
Nurulloh Muhammad Raufxon (Nurullo Otaxonov) 1955-yil fevralining 14-kuni Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi Oyimcha Qaqir qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent Davlat universitetining oʻzbek filologiyasi boʻlimini tamomlagan (1981).“Yoʻl boshida” (1984) toʻplamida hammuallif, “Dunyo keng” (1985) hikoyalar, “Shu yerlik kishi” (1987) qissa va hikoyalar, “Etakdagi kulba” (2014) toʻplamlari chiqqan.“Oq bino oqshomlari” hikoyasi “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgach, “Yilning eng yaxshi hikoyasi” deb topilgan. Ushbu hikoya asosida “Oq bino oqshomlari” badiiy filmi ssenariysini muallifning oʻzi yozgan. Bundan tashqari, Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni asosida 2 (ikki) qismli badiiy film ssenariysini ham yozgan. Asar kinoqissa oʻlaroq “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgan (1991-yili). Yozuvchi turk, gurji, xitoy va oʻris adabiyotidan bir qator asarlar tarjima qilgan. Jumladan, oʻristilli yozuvchi Temur Poʻlatovning “Toroziy toshbaqasi” (“Cherepaxa Tarazi”) romani hamda “Shinavanda” (“Zavsegdatay”) qissasini oʻzbekchaga oʻgirgan. Hozirgi zamon turk adibi va olimi Ahmad Lutfiy Qozonchining 6 (olti) jildlik “Saadet Devrınden” qilgan “Saodat asri qissalari” asari oʻzbek tilida “Sharq yulduzi” jurnalida toʻligʻicha bosildi, soʻngra kitob holida 8 (sakkiz) marta qayta chop etildi. Shuningdek, bir qancha adabiy-tanqidiy maqola, suhbat va publitsistik asarlar muallifidir.
Kitoblar (10)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Qiyomat
Nurulloh Muhammad Raufxon
Qiyomat
|
— |
0.0
(0)
|
|
Chilla
Nurulloh Muhammad Raufxon
Chilla
|
— |
0.0
(0)
|
|
Oddiy haqiqat
Nurulloh Muhammad Raufxon
Oddiy haqiqat
|
— |
4.0
(1)
|
|
Pufak
Nurulloh Muhammad Raufxon
Pufak
|
— |
0.0
(0)
|
|
Ko‘zgu
Nurulloh Muhammad Raufxon
Ko‘zgu
|
— |
0.0
(0)
|
|
Uy
Nurulloh Muhammad Raufxon
Uy
|
— |
0.0
(0)
|
|
Dunyo keng
Nurulloh Muhammad Raufxon
Dunyo keng
|
— |
0.0
(0)
|
|
Yutuq
Nurulloh Muhammad Raufxon
Yutuq
|
— |
0.0
(0)
|
|
Shu yerlik kishi
Nurulloh Muhammad Raufxon
Shu yerlik kishi
|
— |
0.0
(0)
|
|
Kunlardan bir kun
Nurulloh Muhammad Raufxon
Kunlardan bir kun
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Qiyomat
Nurulloh Muhammad Raufxon
Qiyomat
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Chilla
Nurulloh Muhammad Raufxon
Chilla
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Oddiy haqiqat
Nurulloh Muhammad Raufxon
Oddiy haqiqat
|
— | Hangoma |
4.0
|
|
Pufak
Nurulloh Muhammad Raufxon
Pufak
|
— | Hangoma |
0.0
|
|
Ko‘zgu
Nurulloh Muhammad Raufxon
Ko‘zgu
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Uy
Nurulloh Muhammad Raufxon
Uy
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Dunyo keng
Nurulloh Muhammad Raufxon
Dunyo keng
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Yutuq
Nurulloh Muhammad Raufxon
Yutuq
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Shu yerlik kishi
Nurulloh Muhammad Raufxon
Shu yerlik kishi
|
— | Qissa |
0.0
|
|
Kunlardan bir kun
Nurulloh Muhammad Raufxon
Kunlardan bir kun
|
— | Hikoya |
0.0
|