- Tavalludi
- 20-yanvar 1969
Nuriddin Ismoilov 1969-yil 20-yanvarda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi Avliyotepa qishlogʻida tugʻilgan. 1991 – 1997-yillarda Toshkent Davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1997 – 2000-yillarda «Hurriyat» gazetasida muxbir, masʼul kotib, 1998 – 1999-yillarda “PressTIJ» qoshidagi «Biznes-Osiyo» jurnalida muxbirlik qilgan. 2000 – 2001-yillarda «Mohiyat» gazetasida bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2001-yilda “Hordiq plyus” gazetasiga asos soldi.“Odamlar orasidagi odamlar” deb nomlangan hikoyalar toʻplami, “Oʻlimga mahkum qilinganlar”, “Milliarderga qoʻyilgan tuzoq”, “Burgut togʻda ulgʻayadi” (1-, 2-kitoblar), “Jaholat qurbonlari”, “Omonat gʻor siri”, “Iblis saltanati” (1-, 2-, 3-kitoblar), “Baxtning olis manzili”, “Mafiya sardori” (1-, 2-, 3-kitoblar), “Shahzoda” nomli sarguzasht-detektiv romanlari kitob holida chop etilgan.
Kitoblar (2)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Dehqonmisan, dehqon!
Nuriddin Ismoilov
Dehqonmisan, dehqon!
|
— |
0.0
(0)
|
|
Kechir meni, Raʼno
Nuriddin Ismoilov
Kechir meni, Raʼno
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Dehqonmisan, dehqon!
Nuriddin Ismoilov
Dehqonmisan, dehqon!
|
— | Hajviya |
0.0
|
|
Kechir meni, Raʼno
Nuriddin Ismoilov
Kechir meni, Raʼno
|
— | Hikoya |
0.0
|