N

Nodir Normatov

24.12.1950 15.04.2017

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Nodir Normatov 1950-yil 24-dekabrda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanining Poshxurt qishlogʻida tugʻilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1972).

Dastlabki kitobi – “Koʻhitang hikoyalari” (1977). Yozuvchining “Jazo” (1981), “Ismoil togʻaning tarozisi” (1982), “Jarlikdan qushlar uchdi”, “Bisot” (1986), “Daraxt tagidagi odam” (1988), “Kamalak yashaydigan uy” (1990) kabi asarlari, “Barigal” (1991) romani nashr etilgan. “Sharq miniatyuralari maktablari” kitobi mualliflaridan biri.

Uning “Tomosha” qoʻgʻirchoq pyesasi Jizzax qoʻgʻirchoq teatri jamoasi tomonidan ingliz tilida Amerikaning Nyu-York, Nyu-Jersi kabi shtatlarida namoyish etilgan. “Omonxona moʻjizasi”, “Behzod vorislari”, “Beshik” (2005) hamda “Malik Nabiyev”, “Chingiz Axmarov”, “Poshxurtning oltin poydevorlari” (2006), “Boysunlik Gyugen” (2007) kabi hujjatli filmlar ssenariysi va matnini yozgan.

K. Paustovskiyning “Isaak Levitan”, Nozim Hikmatning “Lomakon” singari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

2017-yil 15-aprel kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

Kitoblar (4)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Ko‘cha eshikning naq... Nodir Normatov
Ko‘cha eshikning naqshin gullari

0.0 (0)
Oytosh Nodir Normatov
Oytosh

0.0 (0)
Bir kuni chumoli bo‘... Nodir Normatov
Bir kuni chumoli bo‘lib…

0.0 (0)
Guldurak dashtlarida Nodir Normatov
Guldurak dashtlarida

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help