Nikolay Leskov

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
qissa

Yirik rus yozuvchisi Nikolay Semyonovich Leskov (1831-1895) Oryol guberniyasida kichik maʼmur oilasida tugʻildi. Bolalik chogʻida onasining diniy yoʻnalishdagi tarbiyasini oldi. Otadan yosh yetim qolgan Leskov, oiladagi moddiy qiyinchilik tufayli, 1874-yilda Oryol jinoiy sudi palatasiga ishga kiradi. Bu ish unga boʻlgʻusi asarlari uchun koʻpgina mavzular beradi. 1849-yilda u Kiyevdagi togʻasi meditsina professori Alferev huzuriga borib, Kiyev universitetida erkin tinglovchi sifatida agronomiya, huquq, kriminalistika, anatomiya fanlari boʻyicha leksiyalar tinglaydi.

Kiyevda u ukrain tilini oʻrganadi, T. Shevchenko, Marko Vovchok, A. Kotlyarevskiy kabi taniqli ukrain yozuvchilari bilan shaxsan tanishadi. Leskov yozuvchilik faoliyatini jurnalist sifatida dehqonlar hayotini yorituvchi ocherk va maqolalar bilan boshlaydi. Keyin uning “Chipta kovush kiygan maʼshuqa”, “Advokat”, “Jome ahli”, “Bosh urar joy yoʻq” romanlari, “Chapaqay”, “Qoʻriqchi”, “Mahliyo musofir”, “Sohibjamol Aza”, “Dunyoning narigi chekkasida”, “Sartarosh”, “Hukmdorlar sudi” va boshqa qator hikoya va qissalari bosilib chiqa boshlaydi.

1884-yilning kuzida Leskov Yasnaya Polyanada buyuk rus yozuvchisi L. N. Tolstoy bilan uchrashib, yaqindan tanishadi. Ulugʻ yozuvchi shaxsiyati Leskovda unutilmas teran hissiyot uygʻotadi va uning ijodiga katta taʼsir koʻrsatadi. Leskov oʻzining 40-yillik ijodiy faoliyati davomida nasriy asarning yangi-yangi janrlarini kashf etadi. “Mtsensk uyezdidan chiqqan Makbet xonim” qissasi shu jumladandir. Muallif asar qahramoni Katerina Izmaylovaning shahvoniy hirsi va qilgan mudhish jinoyatlari orqali Rossiya uyezdida yashovchi tijorat ahlining beshafqat, johil va buzuq muhitini boʻrttirib koʻrsatgan. F. M. Dostoyevskiy bu qissani juda yuksak baholagan va uni oʻzi muharrirlik qilgan “Epoxa” jurnalida chop ettirgan. Taniqli bastakor D. D. Shostakovich bu asardan ilhomlanib, “Katerina Izmaylova” nomli opera yozgan.

1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz