Nikolay Erdman

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
drama

Nikolay Robertovich Erdman – taniqli rus dramaturgi va atoqli kinostsenariychi. U “Mandat” va “Oʻzimni oʻldiraman” nomli komediyalarning, “Shoʻx yigitlar”, “Volga-Volga”, “Dovyurak kishilar” hamda yana bir qator mashhur filmlar ssenariylarining muallifi.
N. Erdmanning ijodiy taqdiri koʻp jihatdan mashhur rus yozuvchisi “Usta va Margarita” romanining muallifi M. A. Bulgakovning taqdiriga oʻxshab ketadi.
Uning 1930-yilda Meyerxold teatrida sahnaga qoʻyish uchun tayyorlangan “Oʻzimni oʻldiraman” komediyasini L. M. Kaganovich boshchiligida kelib koʻrgan davlat komissiyasi pyesa premyerasini taqiqlaydi. Bundan oldin mazkur pyesa uchun keskin kurashlar boʻlgan edi. Stanislavskiy bu haqda Stalinga maktub ham yozgan edi. Ammo “xalqlar otasi” oʻzining sevikli “mushuk-sichqon” oʻyinini qilib, pyesaning qoʻyilishiga til uchida rozilik beradi-yu, lekin oʻz javobi oxirida pyesaning muxlisi emasligini qistirib oʻtadi.
Oqibat, pyesa Meyerxold teatrida ham, MXATda ham oxirgi bosh repetitsiyadan keyin sahnadan olib tashlanadi.
Shu-shu boʻldi-yu, N. Erdman pyesa yozmay qoʻydi. Lekin u keng jamoatchilik nazaridan chetda qolmadi. U oʻz ijodini boshqa sohada davom ettira boshladi. U intermediyalar, juda koʻp kinofilmlar, multfilmlar uchun ssenariylar yozdi.
U 1933-yili hibsga olinadi va NKVD (Ichki ishlar xalq komissarligi) qoshidagi Maxsus kengash qarori bilan, oldin Yeniseyskka, soʻng Tomskka surgun qilinadi. N. Erdmanning surgun muddati 1936-yilda tugaydi. Ammo unga SSSRning eng yirik toʻqqizta shaharidan boshqa joylardagina istiqomat qilishga ruxsat beriladi.
Shu bilan birga, uning nomi “Shoʻx yigitlar”, “Volga-Volga” filmlarining titrlaridan olib tashlanadi.
Garchi Erdman pyesalarini sahnalashtirish taqiqlangan boʻlsa ham, u “Mandat” va “Oʻzimni oʻldiraman” komediyalarining muallifi sifatida teatr osmonida mudom porloq yulduz boʻlib chaqnab turdi.
N. Erdman XX sʼezddan keyin Xrushchyov davrida “iliqlik” boshlanganda, “Oʻzimni oʻldiraman” komediyasining sahnaga qaytishini intizorlik bilan kutgan edi. Bu paytda pyesani chop etishga, sahnaga qoʻyishga urinishlar koʻp boʻldi.
Lekin afsus: Stalin taqiqi mansabdor shaxslarga hanuz oʻzining sirli taʼsir kuchini oʻtkazib kelardi.
N. Erdman 1970-yilda dunyodan koʻz yumdi. Agar oʻsha 1930-yilda “Oʻzimni oʻldiraman” pyesasining premyerasiga ijozat berilganda edi, muqarrar, teatrlar uning yana koʻp ajoyib pyesalari bilan oʻz repertuarlarini boyitgan boʻlardilar.
Afsus, u boshqa bironta ham pyesa ustida qalam surmadi.
1985-yildan keyin “Mandat” va “Oʻzimni oʻldiraman” komediyalari Yevropa va Amerikaning, shuningdek, Rusiyaning va hamdoʻstlik mamlakatlarining bir qator teatrlarida namoyish qilina boshlandi. Bizning respublikamiz Oʻzbekistonda ham “Oʻzimni oʻldiraman” komediyasi Abror Hidoyatov nomli teatrda Bahodir Yoʻldoshev boshchiligida “Alvido, hayot!” nomi bilan 1988-yilda sahnalashtirildi.
Bugungi kunda Nikolay Erdman pyesalarining juda koʻp teatrlarda sahnalashtirilishi, kitob sifatida chop etilishi ijod ahlining uzoqni koʻrmaydigan, noshud va muvaqqat mansabdorlar ustidan oxir-oqibat gʻalaba qozonajagidan dalolatdir.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Nikolay Erdman
drama
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz