Nikola Bualo

Nikola Bualo

01.11.1636 13.01.1711

0.0 (0 ta baho)

Bualo Depreo (Boileau Despreaux) Nikola (1636. 1. 11–Parij–1711. 13. 3) – frantsuz shoiri, tanqidchi, klassitsizm nazariyotchisi. Sorbonna universitetida o‘qigan. 1660–66-yillarda yozilgan ilk satiralari (9 satira) axloqiy, maishiy va adabiy mavzuga bag‘ishlangan.
«Oda haqida mulohazalar» (1693) va «Ritor Longinning ba’zi joylari xususida tanqidiy mulohazalar» (1694) asarlari «qadimiy va yangi adiblar o‘rtasidagi bahs»ga bag‘ishlangan.
Ularda Bualo antik mavzu va antik shoirlar ijodining afzalliklarini isbotlashga uringan. Klassitsizm estetikasining asosiy qoidalari bayon qilingan «She’riy san’at» (1674) didaktik poemasi antik davr adabiyoti asarlariga tatabbu tarzida yozilgan, Aristotelning «Poetika»si va Goratsiyning «She’riyat ilmi»ni o‘zida umumlashtirgan. Bualo o‘z asarlarida oddiy xalq turmushini aks ettirgan. Molerni «qo‘pollik va to‘porilik»da ayblaydi, Rassinni esa yuqori tabaqaga mansub bo‘lgan oliy va yuksak didning ta’rifchisi sifatida ulug‘laydi. Bualo shoirlarni saroy doirasidagi kishilar didiga mos asar yozishga chaqiradi, u absolyutizm g‘oyalarining maddohi sifatida adabiyot tarixidan o‘rin oldi. Ijodi 17–18-asrlar Yevropa adabiyotiga ta’sir etgan. «She’riy san’at» asari Jamol Kamol tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1978).

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Frantsiya akademiyasi a’zosi janob Perroga maktub
Frantsiya akademiyasi a’zosi janob Perroga maktub

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.