N

Nazir Safarov

Tavalludi
9-yanvar 1905
Vafoti
1-aprel 1985
Roman

Publitsist, ocherknavis va dramaturg Nazir Safarov 1905-yili Jizzax shahrida tugʻilgan. Nazir Safarov oʻzbek dramaturgiyasining shakllanishida muhim rol oʻynagan “Tarix tilga kirdi” (1931), “Uygʻonish” (1939), “Sharq tongi” (1954) kabi sahna asarlarini yaratdi. Dramaturgiya sohasidagi katta xizmatlari uchun Nazir Safarovga “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi” unvoni berilgan (1955-yil). Yozuvchining 1954-1957-yillarda yaratgan zamonaviy mavzudagi katta asarlari “Hayot maktabi”, “Elmurod” kabi (M. Xudoyqulov bilan hamkorlikda) pyesalaridan iboratdir. Uning “Bir tomchi qon” (1967), “Koʻrgan-kechirganlarim” (1968) nomli qissalari, “Navroʻz” (1973) romani 60- yillar adabiyotida sezilarli voqea boʻlgan. “Koʻrgan-kechirganlarim” asari uchun muallifga Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan (1968). U 1975-yilda 70 yoshga toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston xalq yozuvchisi unvoniga muyassar boʻlgan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Momaqaldiroq Nazir Safarov
Momaqaldiroq

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help