Nazarmat

image
3
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Shoir, nosir va jurnalist Nazarmat (Nazarmat Egamnazarov) 1917-yil 7-noyabrda Tojikistonning Xoʻjand viloyati Nov qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1967). Samarqand universitetini tugatgan (1941). 2-jahon urushi qatnashchisi.“Qizil Oʻzbekiston” (1947–54), “Toshkent haqiqati” gazetasi tahririyatida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1954–85). Ijodiy faoliyati 30-yillar oxirida boshlangan. “Yoshlik zavqi” (1941), “Vatan ishqi” (1949), “Yashil dalalar” (1955), “Sir boʻyi – nur boʻyi” (1959), “Togʻdagi gulxanlar” (1962), “Nay sadosi” (1965), “Bahor qoʻshigʻi” (1968), “Shahrimiz bolalari” (1970), “Mangu olov” (1972) sheʼriy toʻplamlari muallifi. Koʻplab sheʼrlari qoʻshiq boʻlgan.“Yurakdagi oʻq” dostoni (1965) va “Sayyod jasorati” qissasi (1973) 2-jahon urushi mavzusida. Abulqosim Firdavsiy, Xisrav Deqlaviy, Abdurahmon Jomiy, Bedil, Mirzo Tursunzoda, Mirshakar va b. shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Nazarmat 2009-yili vafot etgan.

3 ta kitobdan 1 dan 3 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz