Najib Mahfuz

Najib Mahfuz

Tavalludi
11-dekabr 1911
Vafoti
30-avgust 2006
Hikoya Qissa Roman

Arab yozuvchisi (Misr). Qohira universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1934). “Bemaʼni shivir-shivir” (1936) novellalar toʻplami jamiyatdagi boylik va qashshoqlik oʻrtasidagi ziddiyat haqida. Romantik-tarixiy romanlarini (“Taqdir oʻyini”, 1939; “Radobis”, 1943; “Fiv kurashi”, 1944) yozgach,  Najib Mahfuz yana ijtimoiy mavzuga murojaat qilgan. “Yangi Qohira” (1945) romanida 2-jahon urushidan avvalgi Misr yoshlarining hayoti aks ettirilgan. “Xon al-Xaliliy” (1946), “Midak tor koʻchasi” (1947), “Avvali va nihoyasi” (1949) romanlarida 1919-yildagi inglizlarga qarshi qoʻzgʻolondan 2-jahon urushi tugaguncha boʻlgan davrdagi Misr jamiyati turli tabaqalari hayoti panoramasi chizilgan. Najib Mahfuzning 1956–57-yillarda nashr etilgan, eski Qohiraning dahalari nomi bilan atalgan mashhur romanlari – “Bayn alkasrayn”, “Kasr ash-Shouk” va “as-Sukkariya” 20-asrning 1-yarmidagi Misr oilalari hayoti haqida.“Nil ustidagi safsata” va “Miramor pansionat” (1966), “Yomgʻir ostidagi sevgi” (1975) romanlarida Misrdagi 1952-yildagi inqilob va undan keyin yuzaga kelgan muammolar tasvirlangan.“Oʻgʻri va it” (1961) romani hamda “Ilohiy dunyo” (1963), “Badnom xonadon” (1965), “Qora mushuk qovoqxonasi” (1968), “Shiypon ostida” (1969) novellalar toʻplamlari muallifi. Najib Mahfuzning koʻpgina asarlari ekranlashtirilgan yoki sahnalashtirilgan. Asarlaridan parchalar oʻzbek tilida eʼlon qilingan. Nobel mukofoti laureati (1988).

Kitoblar (8)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Imkoniyat Najib Mahfuz
Imkoniyat

0.0 (0)
Zulmat bandalari Najib Mahfuz
Zulmat bandalari

0.0 (0)
Oʻzgalar uchun yasha Najib Mahfuz
Oʻzgalar uchun yasha

0.0 (0)
Qalampir Najib Mahfuz
Qalampir

0.0 (0)
Koʻzgular Najib Mahfuz
Koʻzgular

0.0 (0)
Oʻgʻri va it Najib Mahfuz
Oʻgʻri va it

5.0 (1)
Bolalar jannati Najib Mahfuz
Bolalar jannati

0.0 (0)
Afsungar tovogʻimni... Najib Mahfuz
Afsungar tovogʻimni oʻgʻirladi

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.