Najib Fozil Qisakurak

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Najib Fozil Qisakurak (Necip Fazıl Kısakürek) 1905-yil 26-mayda Istanbulda tug‘ilgan. Otasi Abdulboqi Fozilbey huquqshunos bo‘lgan. Onasining ismi Madiha xonim.
17 yoshida o‘sha davrdagi «Istanbul dorilfununi Adabiyot madrasasi, Falsafa bo‘limi»ga o‘qishga kirgan. Milliy Ta’lim Vazirligi yo‘llanmasi bilan bir yil Parijda ham o‘qigan. Qaytgach, banklarda xodim, nazoratchi, universitet va institutlarda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Tafakkur va san’at yo‘nalishidagi «Buyuk Sharq» (1943-1945) to‘plamini nashr qildira boshlagandan so‘ng rasmiy doiralarda ishlamagan. 1934-yilning bir oqshomi uning hayotida burilish yasagan: Shayx Abdulhakim Arvosiy bilan qilgan suhbatidan keyin uning etagini mahkam tutgan. Keyingi hayotining ko‘p qismi siyosiy ayblovlar bilan o‘tgan. 1973-yil Haj ziyoratiga borgan.
She’r kitoblari: «O‘rgimchak to‘ri» (1925), «Pillapoyalar» (1928), «Men va narigi tomon» (1932), «So‘ngsizlik karvoni» (1955), «She’rlarim» (1969), «Azob» (1945). Shoir «Yunus Emro», «Ibrohim Adham» kabi dramalar muallifi hamdir. «Sabrtoshi» dramasi 1947-yilgi «Dramalar musobaqasi»da birinchi mukofotga loyiq deb topilgan. Shoir ijodi o‘z davri va keyingi nasl shoirlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi, deyish mumkin.

1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz