- Tavalludi
- 12-dekabr 1932
- Vafoti
- 17-sentabr 2023
Taniqli yozuvchi va olim, filologiya fanlari doktori, professor, ilmiy va ommabop asarlar muallifi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi Naim Karimov butun umrini adabiyot sohasiga bagʻishlab, el-yurtiga xizmat qildi. Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish yoʻlidagi beminnat xizmati uchun “El-yurt hurmati” unvoniga sazovor boʻlgan.
Adabiyotshunos Naim Fatihovich Karimov 1932 yilning 12 dekabrda Toshkentda ziyolilar oilasida tugʻilgan. U 1955 yil OʻODU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan.
Oʻqishini aspiranturada davom ettirib, 1958 yil tamomladi. Aspiranturadan soʻng yosh olim Oʻzbek SSR FAning til va adabiyot institutiga ilmiy xodim boʻlib ishga kiradi, yetakchi ilmiy xodimlikdan boʻlim mudirigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtadi. 1993 yil Naim Karimovga filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi taqdim etiladi, 1994 yil esa professorlik darajasi beriladi.
Naim Karimovning ilmiy faoliyati asosan, XX asr oʻzbek adabiyotini, Choʻlpon, Fitrat, Hamza kabi jadidchi yozuvchilar ijodini oʻrganish bilan bogʻliq. Olim Oybek, Gʻofur Gʻulom, Hamid Olimjon, Hamzaning asarlari toʻplamini tayyorlashga faol bel bogʻlaydi. Uning qalamiga “Hamid Olimjon” (1979), “Oybek” (1985), “Usmon Nosir”, “Usmon Nosir hayotining soʻnggi yillari” (1993-1994) kabi ilmiy-ommabop kitoblar tegishli.
Oʻndan ortiq kitoblar, yuzdan ziyod maqolalar yozgan, turli anjuman va simpoziumlarda maʼruzalar oʻqigan, yorqin ilmiy faoliyati uchun Beruniy nomidagi respublika davlat mukofotiga sazovor boʻladi, professor va filologiya fanlari doktori unvonlariga loyiq topilgan. Bir soʻz bilan aytganda, yarim asrlik ijodiy faoliyati davomida u oʻzbek adabiyotining betakror namoyondalaridan biriga aylangan. XX asr oʻzbek adabiyoti rivojini Naim Karimovsiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
Mana, bir necha yildirki, Naim Karimov mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish ustida ish olib bormoqda. U “Shahidlar xotirasi” memorial majmuasiga hamda “Qatagʻon kurbonlari xotirasi” muzayiga asos solinishida koʻp hissa qoʻshgan. “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi yaratilishi ogʻir ish boʻlgan, zero, oʻsha vaqtlar suratlari, qoʻl yozmalari, hujjatlari, kiyim-kechaklari va boshqa ashyolarni topish qiyin boʻlgan. Shunga qaramay, eksponatlar topilgan va muzey belgilangan vaqtda ochilgan.
Kitoblar (5)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Choʻlpon
Naim Karimov
Choʻlpon
|
— |
0.0
(0)
|
|
Maqsud Shayxzoda
Naim Karimov
Maqsud Shayxzoda
|
— |
0.0
(0)
|
|
Oybek va Zarifa
Naim Karimov
Oybek va Zarifa
|
— |
0.0
(0)
|
|
Doʻrmon hangomalari
Naim Karimov
Doʻrmon hangomalari
|
— |
0.0
(0)
|
|
Choʻlpon
Naim Karimov
Choʻlpon
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Choʻlpon
Naim Karimov
Choʻlpon
|
— | Maʼrifiy roman |
0.0
|
|
Maqsud Shayxzoda
Naim Karimov
Maqsud Shayxzoda
|
— |
0.0
|
|
|
Oybek va Zarifa
Naim Karimov
Oybek va Zarifa
|
— |
0.0
|
|
|
Doʻrmon hangomalari
Naim Karimov
Doʻrmon hangomalari
|
— | Komediya |
0.0
|
|
Choʻlpon
Naim Karimov
Choʻlpon
|
— | Maʼrifiy roman |
0.0
|