M

Muxtor Mag‘avin

02.02.1940

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Muxtor Magʻavin (1940, Chubartau tumani, Semipalatinsk viloyati) – qozoq yozuvchisi, qozoq xalq ogʻzaki ijodi tadqiqotchisi, publitsist. Qozogʻiston xalq yozuvchisi. 1962-yili Al-Forobiy nomidagi Qozogʻiston davlat universitetini tamomlagan. “Qozoq adabiyoti” gazetasi adabiy tanqid boʻlimi rahbari boʻlgan. 1997-yili Turkiya sanʼatchi va yozuvchilari fondining “Turk dunyosidagi ulkan xizmatlari uchun” xalqaro mukofotini olgan. Unga mukofotni 1998-yili Turkiya prezidenti Sulaymon Demirel topshirgan. Muxtor Magʻavin Somerset Moem hikoyalari (1968), Genri Xaggardning “Shoh Sulaymon konlari” (1975) romanini, Nikolay Pogodinning pesalarini qozoq tiliga tarjima qilgan. Kitoblari: “Oq qor, momiq qor” (1969), “Moviy sarob” (1972), “Aka-singillar” (1974), “Tozi itning oʻlimi” (1978), “Chopqir otning halokati” (1978), “Ilon yozi” (1984), “Lirik chekinish” (1986), “Bahorgi qor” (1990), “Qozoq tarixi alifbosi”, “Qoʻbiz ohanglari”, “Qoʻbiz va nayza”, “Notinch vaqt”, “Shaxan-Sher – inson – yoʻlbars”, “Bir otaning farzandlari”, “Qozoq oʻrdasi”.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Ikkov
Ikkov

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.