Muxtor Avezov

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Muxtor Umarxonovich Avezov – qozoq yozuvchisi, olim. Qozogʻiston Fanlar Akademiyasiakad. (1946), filologiya fanlari doktori (1952), Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1957). Semipalatinskdagi madrasada hamda oʻsha yerdagi 5 sinfli rus maktabida oʻqigan, soʻng oʻqituvchilar seminariysini tamomlagan (1917). Abay ovulida sahnalashtirilgan (1917) "Yenglik – Kebek" intermediyasi bilan qozoq dramatur-giyasiga asos soldi. Toʻngʻich qozoq teatri (hozirgi Avezov nomida) – Qozogʻiston davlat akademik drama teatri ham 1926-yil 13-yanvarda shu pyesani sahnalashtirib ochilgan. Avezovning dramatik asarlari qozoq dramaturgiyasining rivojlanishiga katta hissa boʻlib qoʻshildi. Avezov 20-yillarda Toshkentda yashadi va Oʻrta Osiyo davlat universiteti aspiranturasida oʻqidi (1928). Mashhur oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy romanlaridan kuchli ilhomlandi. 1920–30 yillarda Toshkentdagi qozoq nashriyotida adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy "Choʻlpon" jurnali bilan bir necha adabiy toʻplam nashr etilgan. Avezov 1922–23 yillarda Toshkentdalik vaqtida "Kundoshlar" pyesasi, hikoyalari, "Asov tulporlar haqida" (1922), "Qozoq qalamkashlariga ochiq xat" (1922) maqolalari shu jurnalda bosildi. Avezovning "Abay", "Abay yoʻli" epopeyasi qozoq xalqi hayotiga bagʻishlangan boʻlib, u oʻz davrida yuksak bahoga sazovor boʻldi. Asarda qozoq xalqining XIX asrdagi ogʻir, ziddiyatlarga toʻla hayoti badiiy aks ettirilgan. Oʻsha davrdagi qozoq dashtini qamrab olgan nodonlik va johillik toʻsiqlarini yenggan Abayning oʻz xalqi asl farzandi, mutafakkir, insonparvar shoir darajasiga koʻtarila olishi asarda mohirlik bilan tasvirlangan. "Abay yoʻli"ni Zumrad (Orifjonova) 1950–60 yillarda oʻzbek tiliga tarjima qilgan. U boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilindi. Janubiy Qozogʻiston chorvadorlari hayotiga bagʻishlangan "Ravnaq" romani vafotidan soʻng bosilib chiqdi (1962). 20-yillarda qozoq choʻllarida yuz bergan ocharchilik va boshqa dahshatli voqealar aks ettirilgan "Ogʻir sinov" romani ham vafotidan soʻng nashr etildi.Avezov ijodiy, ilmiy ishlar bilan birga, 30 yildan ortiq (1928–61) Olmaota ped. instituti, Qozogʻiston va Moskva davlat universitetlarida pedagoglik faoliyatini qoʻshib olib bordi. Avezov umrining koʻp yillarini shoʻro mafkurachilarining ogʻir tazyiqi va ta’qibi ostida oʻtkazishga majbur boʻldi. Avezov turkiy xalqlar adabiyoti tarixini teran tadqiq etuvchi koʻplab maqolalar yaratdi. Uzoq yillar davomida turkiy xalqaar ogʻzaki ijodi namunalarini, xususan xalq dostonlarini keng targʻib qildi. "Er Targʻin", "Alpomish", "Manas" dostonlarini tadqiq etdi.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Muxtor Avezov
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz