M

Mustay Karim

20.10.1919 21.09.2005

0.0 (0 ta baho)
Qissa Tragediya

Mustay Karim (taxallusi; asl ism-sharifi Karimov Mustafo Safig) (1919. 20. 10, Boshqirdiston, Chishmin tumani Klyashevo qishlog‘i – 2005. 21. 09, Ufa) – boshqird yozuvchisi. Boshqirdiston xalq shoiri (1963). Boshqirdiston pedagogika institutining adabiyot fakultetini tugatgan (1941). 2-jahon urushi qatnashchisi. «Bahor sadolari» (1940), «Mening tulporim» (1943), «She’rlar» (1944), «Qaytish» (1947), «Tanlangan asarlar», «Evropa– Osiyo» (1954) va boshqa she’riy to‘plamlar muallifi. Mustay Karimning «To‘y davom etadi» (1947), «Yolg‘iz qayin» (1950), «Qiz o‘g‘irlash» (1959), «Aytilmagan qo‘shiq» (1961), «Oy tutilgan tunda» (1964), «Oygul Vatani» (1969) kabi pesalari zamonaviy va tarixiy mavzularda yozilgan bo‘lib, ularda boshqird xalqining turmush tarzi uz ifodasini topgan. «Uzundan-uzoq bolalik» (1974–78) avtobiografik qissasi va «Olovni tashlama, Prometey» (1976) tragediyasi bor. Alisher Navoiy, Oybek, H. Olimjon, Zulfiya haqida bir qancha maqolalar yozgan. «Oy tutilgan tunda» asari Zulfiya tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib (1972), O‘zbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Bolalik yillarim Mustay Karim
Bolalik yillarim

0.0 (0)
Oy tutilgan tunda Mustay Karim
Oy tutilgan tunda

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help