Mustafo Qutlu

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Mustafo Qutlu (6-mart 1945, Erzinjon, Turkiya) – turk yozuvchisi. Erzinjon litseyi (1964) va Erzurum universiteti adabiyot fakulteti turk tili va adabiyoti boʻlimini (1968) bitirgan. 1974-yildan Dergah nashriyotida ishlagan. Turk tili va adabiyoti ensiklopediyasini tayyorlashda qatnashgan. Shundan soʻng turli nashriyotlarda, gazeta va jurnallarda,  televideniyeda ishlagan.  Ilk hikoyasi 1968-yili “U” nomi bilan chiqdi. Kitoblari: “Oʻrtadagi odam” (Ortadaki Adam, 1970), “Koʻngil ishi” (Gönül İşi, 1974), “Tepalikka oqqan suvlar” (Yokuşa Akan Sular, 1979), “Yoʻqsillik ichimizda” (Yoksulluk İçimizde, 1981), “Yo tahammul, yo safar” (Ya Tahammül Ya Sefer, 1983), “Bu shundaydir” (Bu Böyledir, 1987), “Sir” (Sır, 1990), “Arkakapak hikoyalari” (Arkakapak Yazıları, 1995), “Huzun va tasodif” (Hüzün ve Tesadüf, 1995), “Uzun hikoya” (Uzun Hikaye, 2000), “Behuda umrim” (Beyhude Ömrüm, 2001), “Moviy qush” (Mavi Kuş, 2002), “Toʻfondan oldin” (Tufandan Önce, 2003), “Shamolli yakshanba” (Rüzgarlı Pazar, 2004), “Shef” (Chef, 2005), “Gunafshali maktub” (Menekşeli Mektup, 2006), “Eshiklarni ochish” (Kapıları Açmak, 2007), “Huzursiz oyoq” (Huzursuz Bacak, 2008), “Tohir Sami beyning shaxsiy hayoti” (Tahir Sami Beyʼin Özel Hayatı, 2009), “Zafar yoxud hech” (Zafer yahut Hiç, 2010), “Hayot goʻzaldir” (Hayat Güzeldir, 2011), “Onadoʻlu tarafda” (Anadolu Yakası, 2012).

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Mustafo Qutlu
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz