Mustafo al-Manfalutiy

Mustafo al-Manfalutiy

30.12.1876 25.07.1924

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Mashhur arab yozuvchisi Mustafo Lutfiy Manfalutiy (مصطفى لطفي المنفلوطي) XX asr Misr adabiyotining yetuk vakillaridan biridir. Uning ijodida Sharq va Gʻarb adabiy anʼanalarining oʻziga xos mushtarakligi aks etgan. Yuqori Misrda tugʻilgan yozuvchi oʻsha davrda anʼanaviy boʻlgan diniy bilimlarni Qohiradagi al-Azhar universitetida oldi.
Oʻsha davrning koʻzga koʻringan maʼrifatchilaridan biri boʻlgan, al-Azhar universitetining rektori Muhammad Abduning qarashlarini oʻziga singdirgan Manfalutiy arab romantizmi janriga poydevor qoʻydi.
U koʻproq Sharq adabiyoti targʻibotchisi boʻlsa-da, ammo Gʻarb adabiyoti namunalariga ham qiziqish bilan qarar edi. Ayniqsa, fransuz maʼrifatparvarlari asarlariga muhabbati katta edi. Oʻzi gʻarb tillarini yaxshi bilmasa-da, oʻz doʻstlari yordamida koʻpgina asarlar tarjimasini tayyorladi. Fransuz adiblari Bernarden de Sen-Perning “Pol va Virjiniya”, E. Rostanning “Sirano de Berjerak” asarlarini tarjima qildi.

Kitoblar (4)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Buyuklik Mustafo al-Manfalutiy
Buyuklik

0.0 (0)
Tolstoyga Mustafo al-Manfalutiy
Tolstoyga

0.0 (0)
Yetim Mustafo al-Manfalutiy
Yetim

0.0 (0)
Jazo Mustafo al-Manfalutiy
Jazo

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help